$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Arkni “zabt etmoqchi” bo‘lgan shaxs ushlandi

ark

Unga ma’muriy javobgarlik kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra jazo belgilandi.

Arkka hujum

Kuni kecha, A.A ismli shaxs Buxoro shahrining eng qadimiy obidalaridan biri bo‘lgan Ark qal’asiga tirmashib chiqmoqchi bo‘lganida, qo‘lga olindi. U qo‘rg‘onga hurmatsiz munosabatda bo‘lgan, deyiladi xabarda. Fuqaro xorijlik sayyohlar va mahalliy aholining ko‘z o‘ngida tepaga chiqishga uringan. Uning bu ishlari qo‘rg‘onning turli burchaklarida o‘rnatilgan kameralar orqali aniqlangan

Nega Arkka chiqish mumkin emas?

Ark qo‘rg‘oni YUNESKOning Umumjahon merosi hududi va uning chegaralarida (chegara qismi) kiritilgan tarixiy markazlardan biri hisoblanadi. Moddiy madaniy meros obyektlariga zarar yetkazish, qonunga xilof deb topiladi.

Jinoyat va jazo

Ushbu shaxs o‘sha zahotiyoq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Hamda unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 64-1-moddasi 1-qismi bilan aybli, deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida, bir million yetti yuz ming so‘m miqdoridagi jarima belgilangan.

U kimdan ilhomlanganligi ma’lum bo‘ldi

Ushbu kabi obyektlarga chiqish qonunga xilof hisoblanadi, ammo faqat oddiy odamlarga ishlaydimi bu qonun? "Bundan 10-15 yillar avval Gulnora Karimova qo‘shig‘iga ishlangan klipda erkak kishi Buxoro shahridagi madrasalar, tarixiy obidalar, jumladan Minorai Kalon va Ark devorlari va tomlarida yugurib yurgan edi", - deyiladi xabarda.