$
 12942.01
26.83
 13341.92
50.91
 117.12
1.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Apple kompaniyasi foydalanuvchilarni maxfiy tinglaganligi uchun 95 million miqdorida jarima to‘lamoqda

apple

Apple kompaniyasi o‘zining ayrim qurilmalari foydalanuvchilarning ruxsatisiz ularni tinglagan va yozib olgani haqidagi da’voni hal qilish uchun 95 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda BBS xabar beradi.

Kompaniyaning virtual yordamchisi nimada ayblanmoqda?

Ma’lum qilinishicha, Apple kompaniyasi o‘zining virtual yordamchisi Siri orqali mijozlar suhbatlarini tinglashda ayblangan. Da’vogarlar, shuningdek, ovozli yozuvlar reklama beruvchilarga berilganini da’vo qilgan.

Har qanday qonunbuzarlikni inkor etuvchi Apple kompaniyasiga izoh so‘rab murojaat qilinganda, kompaniya har qanday huquqbuzarlikni va foydalanuvchilarning roziligisiz “Siri aktivatsiyasi natijasida yozib olingan suhbatlarni o‘chirmaganini va uchinchi shaxslarga oshkor qilinganini rad etgan.

Shuningdek, Apple advokatlari “Apple tomonidan 2019-yil oktyabrigacha yig‘ilgan Siri individual audioyozuvlarini butunlay o‘chirib tashlaganlarini” tasdiqlashga va’da berishmoqda.

Ma’lumotlar odamlar dasturni faollashtirmaganligi uchun yozib olingan bo‘lishi mumkin

Biroq da’vogarlarning ta’kidlashicha, kompaniya dasturni faollashtirish uchun zarur bo‘lgan “Salom Siri” iborasini ishlatmasdan virtual yordamchini tasodifan faollashtirgan odamlarni yozib olgan.