$
 12844.00
18.99
 13550.42
-1.77
 128.30
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘zbektelekom”da korrupsiya alomatlari yuqori deb baholandi

“O‘zbektelekom” AK faoliyati korrupsiyaviy xavf-xatarlar nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. Prezidentning 2022-yilgi qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar muntazam ravishda baholanib boriladi.

Xavf-xatar yuqori funksiyalar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi  2024-yilda kompaniyaga yuklatilgan 33 ta funksiya o‘rgandi. O‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, 11 ta funksiyada korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori darajada, 19 ta funksiyada o‘rta, 3 ta funksiyada esa past darajada ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Kompaniya faoliyatidagi quyidagi yo‘nalishlar xavf-xatar darajasi yuqori bo‘lgan sohalar sifatida aniqlangan:

 • tarmoqlardan birgalikda foydalanish va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish;

 • reklama shartnomalari va ommaviy axborot vositalaridagi materiallarni nazorat qilish;

 • xorijiy davlatlar bilan shartnomalar tuzish va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish;

 • kompaniya tarmoq resurslaridan foydalanuvchi operatorlar uchun narx belgilash;

 • qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari.

Korrupsiyaga qarshi kurash choralari

Korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan funksiyalar aniqlanishi ushbu jarayonlarni yanada kuchli nazoratga olish zaruratini ko‘rsatadi. Kompaniya rahbariyati xavf-xatarli yo‘nalishlarda nazorat choralarini kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda.

Ayni paytda “O‘zbektelekom” AK korrupsiyaga qarshi kurash dasturi asosida xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

Aholi korrupsiyaga oid har qanday holat yuzasidan “1253” qisqa raqamiga yoki eanticor.uz platformasiga murojaat qilishi mumkin, eslatadi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.