$
 12930.11
-11.9
 13390.42
48.5
 120.94
3.82
weather
+26
Кечаси   +14°

Keyingi 25 yillikda antibiotiklarga qaramlik tufayli 40 million odam halok bo‘lishi mumkin

antibiotik

Keyingi 25 yil ichida butun dunyo bo‘ylab 40 millionga yaqin odam antibiotiklarga qaramlik tufayli vafot etishi mumkin. Bu haqda Guardian nashri xabar bermoqda.

Antibiotiklarga chidamlilik tufayli organizmdagi kasallik yengilmaydi

Ma’lum bo‘lishicha, Angliyaning sobiq bosh sanitar shifokori Salli Devisning ko‘ra, jarrohlikdan tug‘ruqgacha bo‘lgan odatiy muolajalar antibiotiklarga chidamli bakteriyalarning tarqalishi tufayli hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

“Har yili bir millionga yaqin odam antibiotiklarga chidamlilikning tarqalishi tufayli vafot etadi va bu raqam keyingi 25 yil ichida o‘sib boradi va bu “haqiqatan ham qo‘rqinchli,”- deydi mutaxassis. Shuningdek, bunda katta yoshdagi odamlarda o‘lim koeffitsiyenti yuqori bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan. 

Xavfning oshishiga qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun antibiotiklarning qo‘llanishi sabab bo‘lmoqda

Shifokor superbakteriyalar rivojlanishining sabablaridan biri sifatida qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun antibiotiklarning keng qo‘llanilishini aytib o‘tdi.

“Biz sigirlar, tovuqlar va qo‘ylarni o‘sishni rag‘batlantirishning arzon muqobili yoki kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun profilaktika vositalari sifatida antibiotiklar bilan boqamiz. Bunday harakatlar mikroblarning rivojlanishiga yordam beradi va antibiotiklarning tarqalishi rivojlanadi, keyin bu butun dunyo bo‘ylab o‘lim xavfining keskin oshishiga sabab bo‘ladi,” - deya tushuntirdi Devis.