$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Islom Karimov davridan beri o‘z o‘rnida faoliyat yuritayotgan yagona viloyat hokimi bir necha rahbarlarni vazifasidan ozod qildi

Lavozim

Bugun Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov rahbarligida navbatdagi yig‘ilishlardan biri bo‘lib o‘tdi.

Hokimning rasmiy sahifasida yozilishicha, yig‘ilishda belgilangan vazifalarning amaldagi natijasi, harakatlar samaradorligiga e’tibor qaratilgan. Yig‘ilishda Andijon shahri, Andijon va Paxtaobod tumanlarida 2 tadan, Bo‘ston tumani va Qo‘rg‘ontepa tumanida bittadan MFY yettiliklari ushbu masalalarda namunali faoliyat yuritganligi ijobiy baholanib, ularni rag‘batlantirish belgilanadi. 

Kamchiliklar va xatolar

Undan so‘ng esa ko‘plab holatlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga e’tibor qaratilib, tegishli tartibda choralar ko‘riladi. Jumladan, mahallalardagi muammolar bilan ishlashda, xatlov jarayonlarida, aholi daromadini oshirish harakatlarida ish jarayoni sust davom etayotgani, ushbu masalalardagi ko‘rsatkichlarini bildirishda xatolikka yo‘l qo‘yilganligi uchun Bo‘ston tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, 2 ta mahalla raisi va shu mahallalar yettiligidagi xodimlar vazifasidan ozod etiladi.

Mahalla yettiligi faoliyati

Shuningdek, Andijon shahridagi 4 ta mahalla yettiligi faoliyatiga nisbatan asosli e’tirozlar bildirilib, vaziyatni yaqindan nazoratga olish bo‘yicha sektor rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shu masalalar bo‘yicha Paxtaobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosariga intizomiy chora qo‘llash, bitta mahalla yettiligini vazifalaridan ozod etish belgilanib, ikkita yettilikka ogohlantirish berildi.

Shavkat Mirziyoyev va Islom Karimov 

Ma’lumot uchun, Shuhrat Abdurahmonov ayni vaqt Islom Karimov davridan beri o‘z o‘rnida faoliyat yuritayotgan va Shavkat Mirziyoyev lavozimidan ozod etmagan yagona viloyat hokimi bo‘lib turibdi. Abdurahmonovning aytishicha, rahbariyat hokimga u 2004-yilda Andijonning Paxtaobod tumanidagi "Navbahor" xo‘jalik shirkatini boshqarib yurgan paytida e’tibor qaratgan. Hokimning ta'kidlashiga ko'ra, u paytda "sovxoz"ning paxta rejasi 23 foiz bo‘lgan, ya’ni achinarli ahvolda bo‘lgan. Ammo shu yili tuman paxta rejasini birinchi bo‘lib bajarishga erishgan. "O‘shanda bosh vazir bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev nazariga tushganman. O‘zi shaxsan meni chaqirib, suhbatlashib, qanday qilib bu natijaga erishganimni so‘ragan. Shundan so‘ng Islom Karimovga men haqimda axborot bergan, "eplaydi bu" deb. Keyin men Paxtaobod tumaniga hokim bo‘lganman", — degan Shuhrat Abdurahmonov. Hokim Paxtaobod tumanidan (2004—2011) so‘ng Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (2011—2013), 2013-yil 1-apreldan esa Andijon viloyat hokimi bo‘lgan.