$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Alsgeymer kasalligini ovoz yordamida aniqlash tizimi yaratildi

alsgeymer

Xitoyning Xefey Fanlar akademiyasi olimlari Alsgeymer kasalligini erta aniqlash va rivojlanishini baholash uchun yangi ko‘p vazifali DEMENTIA o‘quv tizimini taqdim etdi.

Kasallikni aniqlovchi ovoz platformasi

Ma’lumki alsgeymer kasalligida avtomatlashtirilgan nutq tahlili diagnostikaning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi, ammo mavjud yondashuvlar ma’lumotlarning aniqligi va talqin qilinishida muammolarga duch keladi.

Xefey fizika fanlari instituti jamoasi nutq, matn va ekspert bilimlarini birlashtirish uchun gibrid diqqat mexanizmidan foydalanadigan DEMENTIA platformasini ishlab chiqdi. Ushbu yondashuv tizimning aniqligi va klinik qo‘llanilishini sezilarli darajada yaxshilaydi, Alsgeymer kasalligini yanada samarali aniqlash imkonini beradi.

Platforma ma’lumotlardagi murakkab o‘zaro ta’sirlarni aks ettiruvchi yirik til modellarining ilg‘or texnologiyalariga asoslangan bo‘lib, bu diagnostika aniqligini oshiradi va holatni yaxshiroq aniqlash imkonini beradi. Tizim klinik qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlaydi va turli ma’lumotlar to‘plamlariga moslasha oladi.

Platforma aholining qarishi bilan bog‘liq muammolarni ham yoritishi mumkin

Olimlarning fikriga ko‘ra, DEMENTIA platformasi aholining qarishi bilan bog‘liq ayrim muammolarni hal qilish uchun katta salohiyatga ega. Tadqiqotchilar ushbu ishlanmadan klinik amaliyotda an’anaviy diagnostika usullaridan tashqari kognitiv pasayish monitoring vositasi sifatida foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi.