$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Alsgeymer kasalligini aniqlash uchun uchta savol yetarli

alsgeymer

Yaponiyaning Keio universiteti va Saiseikai tibbiy markazi olimlari birgalikda Alsgeymer kasalligini aniqlashga yordam beradigan uchta oddiy savol asosidagi testni ishlab chiqdi. Ushbu yondashuv kasallik xavfini erta aniqlash imkoniyatini beradi. 

Uchta asosiy savol qanday ishlaydi?

Olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, quyidagi savollar kasallikning ilk belgilari haqida ma’lumot berishi mumkin:  

1. Sizni hozirda qandaydir narsa bezovta qiladimi?  

2. Sizni hozirda nimadir xursand qilayaptimi?  

3. So‘nggi uch oy ichida e’tiboringizni tortgan yangiliklar bormi?  

Javoblarning quyidagicha bo‘lishi ehtimoliy kasallik haqida signal beradi:  

Birinchi savolga salbiy javob – bemorning bezovtalikni sezmasligi.  

Ikkinchi savolga batafsil javob – hozirgi hissiy holatning noaniqligi.  

Uchinchi savolga salbiy javob yoki eskirgan yangilikni misol keltirish – xotira bilan bog‘liq muammolar.  

Tadqiqot ishtirokchilari va natijalar

Tadqiqotda 155 nafar odam ishtirok etdi. Qayd etilishicha, ishtirokchilarning 108 nafarida Alsgeymerning turli bosqichlari mavjud boʻlib, 47 nafar esa sog‘lom boʻlgan.  

Miya skanerlari shuni ko‘rsatdiki, yuqoridagi javoblar Alsgeymer xavfi borligini ko‘rsatgan. Bundan tashqari, agar bemor savolga javob berishda yonidagi kishiga yordam uchun murojaat qilsa, bu ham kasallik xavfini oshirish belgisi sifatida qabul qilindi.  

Yangi usulning ahamiyati

Tadqiqotchilar bu usulni kasallikni erta bosqichda aniqlash va keyinchalik samarali davolash uchun muhim deb biladi. Alsgeymerning dastlabki belgilari o‘z vaqtida aniqlansa, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash mumkin.