$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Alsgeymer kasalligini davolovchi preparat tasdiqlanishi kutilmoqda

preparat

Yevropa regulyatori Eisai i Biogen ning Alsgeymer kasalligini dastlabki bosqichda davolash uchun mo‘ljallangan Leqembi preparatini ma’qullashni tavsiya qildi.

Neyrodegenerativ kasallikni davolovchi birinchi dori

Ma’lum qilinishicha, agar Yevropa komissiyasi tavsiyani qabul qilsa, Leqembi Yevropada neyrodegenerativ kasallikni davolash uchun birinchi dori bo‘ladi.

Tibbiy maqsadlarda qo‘llaniladigan dori vositalari qo‘mitasi (CHMP) ayrim bemorlarga preparatni qo‘llashga ruxsat berishni tavsiya qildi.

Shuningdek, Eisai i Biogen tadqiqotlarida ApoE4 genining nusxasi bo‘lmagan yoki bitta nusxasi bo‘lgan bemorlar ishtirok etdi. Ikkala holatda ham kasallik erta yoshda o‘zini nomoyon qiladi. Tadqiqotda ushbu gen variantining ikki nusxasi bo‘lgan bemorlar ham ishtirok etgan.

Preparat bemorlarda kasallik belgilari rivojlanishini sekinlashtirgan

Iyul oyida regulyator ishlab chiqaruvchilarga Leqembi ni qabul qilishda mavjud bo‘lgan jiddiy miya shishi xavfi preparatning kognitiv buzilishlar rivojlanishini sekinlashtirishidan ustun emas degan xulosa bilan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun rad javobini bergan edi.

Shuning bilan birga, takroriy tadqiqot natijalari, ApoE4 genining nusxasi bo‘lmagan yoki bitta nusxasini tashuvchi bemorlarda kasallik belgilarining rivojlanishini sekinlashtirish miya shishi xavfidan ustunligi ko‘rsatdi.