$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Mobil aloqa xizmatlariga salbiy ta'sir oʻtkazayotgan 387 ta qurilmaning faoliyatiga chek qoʻyildi

Mobil aloqa

“Oʻzkomnazorat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Ruxsora Masharipova AOKAda oʻtkazilgan brifingda mobil aloqa xizmatlariga salbiy ta'sir oʻtkazayotgan 387 ta qurilmaning faoliyatiga chek qoʻyilishini ma'lum qildi.

30 890 ta nazorat tadbirlari

Aholiga koʻrsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari sifatiga salbiy ta'sir oʻtkazayotgan 387 ta noqonuniy foydalanilayotgan qurilmalar faoliyatiga chek qoʻyildi. Sohaga oid qonun va normativ hujjatlar, davlat standartlari talablariga rioya qilinishi, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan 30 890 ta nazorat tadbirlari tashkil etilib, xususan 477 ta obyektda oʻrganish va 30 413 ta monitoring tadbirlari tashkil etildi.

Kamchiliklar bartaraf etildi

Nazorat tadbirlari davomida 13 711 ta kamchilik aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha 244 ta koʻrsatma, 108 ta taqdimnoma, 1179 ta ogohlantirish xati va 243 ta xulosa va takliflar chiqarilishi natijasida, 10 mingdan ortiq kamchilik bartaraf etildi. Qonunbuzarlik holatlariga yoʻl qoʻygan 131 nafar shaxsga, jumladan 68 nafar jismoniy va 63 nafar yuridik shaxslarga nisbatan ma'muriy choralar qoʻllanildi.

Murojaatlar ijobiy hal qilindi

Oʻtgan 6 oy davomida inspeksiyaga 5 231 ta sohaga oid murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 92,6 foizi, ya'ni 4 677 tasi ijobiy hal etildi. Mahallalarda tashkil etilgan 83 ta sayyor qabullarda 337 ta murojaatlar koʻrib chiqilib, 308 tasi oʻzining ijobiy yechimini topdi. Soha va tarmoqlarni raqamlashtirishga oid belgilangan 1 200 dan ortiq loyihalar ijrosi monitoring qilinib, aniqlangan kamchiliklar boʻyicha vazirlik va idoralarga 242 ta ogohlantirish berilib, 18 ta tashkilotlarda oʻrganish oʻtkazildi.