$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda aliment to‘lovlari 15 foizgacha oshiriladi

aliment

O‘zbekistonda aliment to‘lovlari 15 foizgacha oshadi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining bo‘lim katta inspektori Hakimjon Ikromov ma’lum qildi.

Qachondan oshadi?

Aliment undiruvi 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab, qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, 1-oktyabrdan boshlab, qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, xususiy sektor va byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori esa 10 foizga oshadi.

Bundan tashqari, 2024-yil 1-oktyabrdan ishsiz aliment to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan aliment miqdori ham o‘rtacha 10 foizga oshadi.

Rasmiy ish joyi bo‘lmasa...

Ma’lumot uchun: agar aliment to‘lovchi shaxs ishlamaydigan bo‘lsa yoki uning ish haqi va daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi.

Теги :
Jamiyat