$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Ota farzandlariga aliment o‘rniga uy berdi

Уй Uy

Urganchlik ota farzandlariga aliment to‘lovlar o‘rniga uy sovg‘a qilishga qaror qildi.

Aliment undirilishi kerak edi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.A.dan undiruvchi Z.T. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Ammo ota barcha aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida, doimiy to‘lab kelgan.

Tomonlarning kelishuvi asosida bo‘ldi

Fuqaro har doim to‘lovlarni to‘lab kelgan bo‘lsa-da, sobiq turmush o‘rtog‘i bilan kelishib, murojaat qildi. Unga ko‘ra u ikki nafar farzandining kelajagini o‘ylagan holda, to ular voyaga yetganicha to‘lanadigan aliment pullari o‘rniga, ko‘p qavatli uylardan bir xonadon olib berishga qaror qildi.

Urganchdan uy

Sobiq er-xotin kelishgan holda, fuqaro Urganch shahar markazidan bir xonali uy olib, o‘g‘lining nomiga rasmiylashtirib berdi. Farzand 18 yoshga kirganida, uyning huquqlari to‘liq unga o‘tadigan bo‘ldi.

Теги :
Jamiyat