$
 12930.11
-11.9
 13390.42
48.5
 120.94
3.82
weather
+26
Кечаси   +14°

So‘nggi 2 yilda AKT eng jadal rivojlanayotgan sohaga aylandi

akt

2024-yil IT sohasi yangi marralarga boy bo‘ldi. Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida O‘zbekistonda 6 pog‘onaga yuqorilab, indeksning juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi. Avvalgi reytingda 18 pog‘ona yuqorilagani inobatga olinsa, 2 ta reytingda umumiy 24 pog‘onaga ko‘tarildi.

O‘tgan yilda IT sohasining umumiy eksporti 900 mln. dollar bo‘lgan

Ma’lum qilinishicha, IT eksporti yil sayin karrasiga oshmoqda. O‘sish dinamikasiga e’tibor qaratilsa, 2017-yilda 600 ming dollarlik eksport qilingan, 2023-yilda 344 mln. dollar, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, sohaninig umumiy eksportida 900 mln. dollarlik marra zabt etildi.

Ushbu sohada chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 2017-yilga nisbatan 8,5 barobarga o‘sib, ularning soni 1000 dan oshdi. Shuningdek, 7 yil avval 12 ta eksportchi kompaniya bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilda 650 taga yetdi.

Shuningdek, so‘nggi 2 yilda AKT eng jadal rivojlanayotgan sohaga aylandi. 2024-yilda xizmatlar hajmining o‘sishi 125 foizni tashkil qildi.

Sohada o‘zini band qilgan aholi soni 2019-yilda 10 mingdan kam bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilda 100 ming nafardan oshdi.

YIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar soni 10 milliondan oshgan

Shuning bilan birga, raqamlashtirishdagi yana bir muhim yo‘nalish – bu Elektron davlat xizmatlari. U insonlar hayotiga yengillik olib kirib, har bir tarmoqda iqtisodiy samara ham bermoqda. Bugungi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 10 mlndan ortdi. Bu 2023-yilga nisbatan 152 foizga o‘sish degani.

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 700 tadan oshib, ushbu xizmatlardan 2024-yilda 32 mln. marotaba foydalanildi.