$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

2024-yilda sud qarori bilan 4 392 ta oila saqlab qolindi

ajrim

2024-yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ajrashish bo‘yicha ko‘rilgan 4 392 ta ishda er-xotin yarashib, oilalar ajralishdan saqlab qolingan. Shuningdek, aliment undirish va nizolarni muqobil hal qilish bo‘yicha ham muhim qarorlar qabul qilingan.

Bolalar uchun aliment undirish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi

Voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish yuzasidan 79 854 ta ish ko‘rib chiqilib, sud tomonidan aliment pullarini undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Bu qarorlar bolalar huquqlarini himoya qilish va ularning moddiy ta’minotini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, oilalar ajrashgan taqdirda ham bolalarning manfaati e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlaydi.

Nizolar muqobil yo‘l bilan hal qilinmoqda

Sud tizimida nizolarni hal qilishning muqobil usullariga ham e’tibor qaratilmoqda. 2024-yilda taraflar o‘rtasida mediatsiya instituti orqali 3 238 ta iqtisodiy va 3 016 ta fuqarolik nizosi hal etilgan.

Теги :
Jamiyat