$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Lazer nurlari parvozga xalaqit bermoqda

samolyot

Uzbekistan Airports lazer nurlari havo kemalarining harakatiga xalaqit berayotganligi haqida murojaat qilib, buning javobgarligi haqida ogohlantirdi.

Havo kemalariga xalaqit bermoqda

Uzbekistan Airportsning ma’lumotlariga ko‘ra, havo kemalarining uchish va qo‘nishi paytida fuqarolar tomonidan lazer nurlarini ularga yo‘naltirish holatlari ko‘payib. Bu vaziyatda kompaniya aholiga murojaat qilib chiqib, ularni bunday “ko‘ngilxushliklar”ning jazosi bilan ham ogohlantirdi.

"68 milliongacha jarima to‘lashga sabab bo‘ladi"

Samolyotlar harakatiga bunday xalaqit berish, 68 milliongacha jarima va 15 sutkagacha qamoq jazosiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 116-1 moddasida belgilab qo‘yilgan. “Ushbu moddaga asosan, havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish uchun huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilangan”, — deydi kompaniya o‘z murojaatida.

Insonlar hayoti uchun ham muhim

Aviakompaniya aholiga murojaat qilar ekan, bunday ishlar yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining hayoti hamda sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Aholidan esa baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida ushbu qonunga rioya etishni so‘radi.