$
 12694.87
-25.13
 13766.32
-61.59
 139.48
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Dehlidan Chikagoga uchayotgan samolyot Toshkentga qo‘ndi

airindia

Chikagoga uchayotgan samolyoti 86 yoshli yo‘lovchining salomatligi yomonlashgani sabab Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Bugun Chikagoa uchayotgan reys Toshkentga qo‘ndi

Uzbekistan Airports matbuot xizmatining xabar berishicha, 8-may kuni Dehli-Chikago yo‘nalishida AI - 127 reysida uchayotgan Air India aviakompaniyasining samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Qo‘nishga yo‘lovchining sog‘ligi yomonlashgani sabab

Favqulodda qo‘nishga yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. Bortdagi 86 yoshli ayolning yuragi kasal bo‘lib qolgan. Ekipaj yaqin atrofdagi zaxira aerodromga borishga qaror qildi.

Yo‘lovchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizildi

Samolyot soat 06: 44 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Yo‘lovchi va unga hamroh bo‘lgan tez yordam mashinasi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizildi.

Air India aviakompaniyasining samolyoti Toshkent aeroportidan uchishga tayyorlanmoqda.