$
 11902.30
20.7
 13780.48
31.09
 152.18
1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Tog‘li hududlarda havo qay darajada toza? Fotojamlanma

Havo

Bugun deyarli har ikki xabardan bittasi havo ifloslanishi haqida. Xo‘sh, bu ifloslanish tog‘li hududlarimizdagi so‘lim manzillarga ham ta’sir qildimi? Yoki hali ham toza havo va miriqib dam olish uchun tog‘ qo‘ynini tanlayverish kerakmi? Bu savollarga javob berish uchun UZ24.uz tahririyati ko‘pchilik tashrif buyuradigan tog‘li va tog‘oldi hududlaridagi manzillarda havo sifatini tekshirib, siz uchun maxsus fotojamlanma tayyorladi. Qani, ketdik!

1-manzil — Xo‘jakent

Bizning birinchi manzilimiz Xo‘jakent (Hojikent) stansiyasi bo‘ldi. Elektropoyezd orqali keluvchilar uchun ilk stansiyada ahvol unchalik yomon emas.

Havodagi ifloslanish darajasi 90 ga teng.

2-manzil — “Bochka”

Kishilar asosan toza havoda ovqatlanish uchun keladigan bu manzil esa unchalik ham toza havoli emas, balki nozik guruhlar uchun xavfli darajada.

Ifloslanish darajasi ko‘rsatkichi esa 122.

3-manzil — Chorvoq

Chorvoq suv omborining shundoqqina tepasidagi bu manzilimizda esa havo sifati qoniqarli darajada edi. 

Havoning ifloslanish darajasi 69.

4-manzil — Burchmulla

So‘lim tabiatga ega bu navbatdagi manzilimizda havoning ifloslanishi anchayin past, hatto yaxshi darajada edi.

Havoning ifloslanish darajasi 50.

5-manzil — Ugam River

Ugom daryosi bo‘yida qurilgan majmuada havo salqin, hatto ancha toza ko‘rinsa-da, hisoblagich yomonroq natijani qayd etdi.

Havoning ifloslanish darajasi 129

6-manzil — Sevarsoy

Tog‘larning kundan pana qismida hanuz birinchi qorlar erib bitmagan Chimyon tog‘larida ham havo nisbatan tozaroq ekan.

Havoning ifloslanish darajasi — 53.

Xo‘sh, siz dam olish kunlarida qaysi manzilga borishni rejalashtiryapsiz? Umuman olganda, qayerga bormang, ekologiyaga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish har birimizning burchimiz ekanligini tabiat bizga yana eslatmoqda.

Теги :
Jamiyat
Salomatlik