$
 12940.44
-22.54
 13336.42
-41.38
 126.85
3.17
weather
+26
Кечаси   +14°

Sun’iy intellekt “inson bilimlarining umumiy hajmi”ni o‘zlashtirib bo‘lgan

AI

“Stagwell” raisi Mark Penn bilan birga o‘tkazgan “X” platformasidagi translyatsiyasida Mask sun’iy intellektni o‘rgatish uchun “inson bilimlarining umumiy hajmi” o‘tgan yili deyarli tugaganligini ta’kidladi.

“OpenAI”ning ilmiy xodimi ham bu fikrlarni ta’kidlagan edi

Bu fikr “OpenAI” kompaniyasining sobiq bosh ilmiy xodimi Ilya Sutskeverning so‘nggi bayonotlariga hamohang hisoblanadi.

U sun’iy intellekt sohasining hozirgi holatini “ma'lumotlar cho‘qqisi” deb atab, modellarni o‘qitish uchun axborot yetishmasligi ishlab chiquvchilarni yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilishini bashorat qildi.

Sun’iy intellektdan ta’lim olish kerak

Mask vaziyatdan chiqish yo‘li sun’iy intellekt modellari tomonidan yaratilgan sintetik ma’lumotlar — axborotni ishlab chiqarishda ekanligini ta’kidlamoqda.

“Haqiqiy dunyo ma’lumotlarini to‘ldirishning yagona yo‘li sun’iy intellekt yaratgan sintetik ma’lumotlardan ta’lim olish uchun foydalanishdir”, — deydi Mask.

Sun’iy intellekt tadqiqotda

Bundan avval, Vashington shtat universiteti sun’iy intellektni moliyaviy savodxonligi bo‘yicha tadqiqot olib brogan edi. Tadqiqotda ChatGPT, BARD va Llama kabi modellarning 10 mingdan ortiq moliyaviy imtihon savollariga javoblari baholangan.

Tadqiqot natijalariga koʻra, ChatGPT 4.0 bu modellar orasida eng yaxshi natija koʻrsatdi, lekin u ham murakkab moliyaviy masalalarda xato javoblar bergan.

SI mutaxassis o‘rnini egallay olmaydi

ChatGPT moliyaviy maslahatlarda keng tushunchalarni tushuntirishda samarali boʻlgan, ammo murakkab va oʻziga xos masalalarda yetarlicha ishonchli emas. ChatGPT 4.0 talqini eng yaxshi natijalarni koʻrsatgan boʻlsa-da, ChatGPT 3.5 versiyasi toʻgʻri javoblar va tushuntirishlar orqali unga yaqinlashgan. Shuningdek, tadqiqotchilar ChatGPT professionallar oʻrnini egallamasligi, balki ularga yordamchi boʻlishi mumkinligini taʼkidlashgandi.

Теги :
Jamiyat