$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘zenergoinspeksiya”ga “qirg‘in” keldi

ishsizlik ish xodim

“O‘zenergoinspeksiya”da o‘tkazilgan yig‘ilishda joriy yilning 4 oylik yakuni natijalari sarhisob qilindi.

Noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2 ming 433 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan

Qayd etilishicha, shu o‘tgan davrda respublika bo‘yicha iste’molchilar tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarasiz va noqonuniy foydalanishlarning oldini olish bo‘yicha 41 ming 592 ta profilaktika tadbiri o‘tkazilgan. Bu ishlar tufayli energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 2 ming 433 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.

74 nafar xodimning bilim darajasi qoniqarsiz

Lavozimga loyiqlik bo‘yicha o‘tkazilgan attestatsiyada 74 ta xodimning bilim darajasi qoniqarsiz deb topilgan.

“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabariga ko‘ra, to‘rt oy yakuni bo‘yicha hududlarda ishlar yetarli darajada tashkil qilinmagani va sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun Surxondaryo hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, ijro intizomini buzgani uchun Andijon va Sirdaryo hududiy boshqarmasi boshliqlariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. 

Shu bilan birga, Qashqadaryo, Navoiy va Namangan hududiy boshqarma boshliqlari rotatsiya qilindi. 

Qonun-qoidaga rioya qilinishi doimiy davlat nazoratida

Yig‘ilish so‘ngida elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda qonun-qoida talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha doimiy davlat nazorati olib borilishi ta’kidlandi.

Теги :
Jamiyat