$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Mahallabay ishlash agentligi Kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga oʻtkaziladi

Mahallabay ishlash

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga oʻtkaziladi. Bu haqda “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida soʻz boradi.

Uch tomonlama “mahalla shartnoma”lari tuziladi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman boʻlimlari, tuman hokimligi hamda MFY oʻrtasida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha uch tomonlama “mahalla shartnoma”lari tuziladi.

“Bunda ushbu shartnomada vazirlik tuman boʻlimi va hokimiyat – infratuzilmani yaxshilash, aholining daromad manbaini oshirishga sharoit yaratishga, mahalla raisi – aholini ishga jalb qilish, hududni obodonlashtirish, jinoyatchilikni kamaytirish kabi vazifalarga mas'ul boʻladi”, - deyiladi xabarda.

Kasbiy koʻnikmalar markazlari

Ish beruvchilarning ehtiyojini oʻrganish asosida ishsizlarni kasblarga maqsadli oʻqitishni inobatga olgan holda Kasbiy koʻnikmalar markazlari tashkil etiladi.

Bunda:

markazlarda ish beruvchilar talabiga moslashtirilgan ekspress kurslar tashkil etiladi hamda amaliy koʻnikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish tizimi yaratiladi;

markazlarda xalqaro tan olingan dasturlar joriy qilinadi va xorijda tan olinadigan sertifikatlar berilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Mahallabay ishlash agentligining vazifalari

Ma'lumot uchun, Mahallabay ishlash agentligi 2021-yilda tashkil etilgan. Respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish, mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga yoʻnaltirish, vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish agentlikning asosiy vazifalari etib belgilangandi.

Теги :
Jamiyat