$
 11963.23
50.85
 13970.66
97.5
 155.35
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Taqdirlarni o‘zgartirgan raqamlar: Bu safar necha kishi afv etildi?

afv

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan jazo o‘tayotgan, qilgan ishidan chin dildan pushaymon bo‘lgan va to‘g‘ri yo‘lga qaytgan 615 nafar shaxsni afv etuvchi farmonni imzoladi.

Qaysi turdagi jazolar bekor qilindi?

615 nafar afv etilganlarning ichida, 220 nafari jazodan to‘liq ozod qilindi, 123 nafari muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi, 97 nafarining ozodlikdan mahrum qilish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi va 175 nafar shaxsning jazo muddati qisqartirildi.

Afv etilganlar kimlar?

Afvdan etilganlarning 9 nafarini chet el fuqarolari, 29 nafarini ayol, 23 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 264 nafarini yoshlar (shulardan, 2 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 9 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

2025-yilda afv etilganlar

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyi oxirida ham 523 nafar mahbus afv etilgandi. Shundan 8 nafarini chet el fuqarolari, 45 nafarini ayol, 31 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 220 nafarini yoshlar (shulardan 1 nafari voyaga yetmagan) hamda 15 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etgan. 

Afv nima?

Ma’lumot uchun, afv — bu davlat rahbari tomonidan qabul imzolanadigan farmon asosida, jinoyat sodir etgan va jazo o‘tayotgan shaxsga jazoni yengillashtirish yoki butunlay olib tashlash imkonini beradi. Ya’ni, bu insonning qilgan xatosini tan olib, to‘g‘ri yo‘lga kirganini hisobga olgan holda unga ikkinchi imkoniyat berishdir. Shuningdek, afv amnistiyadan farq qiladi. Amnistiyada bir guruh odamlarga umumiy tarzda jazo bekor qilinsa, afv esa faqat shaxsning o‘ziga tegishli bo‘ladi.

Kimlar afv etilishi mumkin? 

Afv, odatda, o‘z qilgan ishidan chin dildan pushaymon bo‘lgan, tuzalish yo‘lini tanlagan va xulqi ijobiy baholangan odamlarga qo‘llanadi. Yoshi katta, sog‘lig‘i og‘ir bo‘lgan yoki ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj shaxslar ham afv etilishi mumkin. Shuningdek, ayollar, yoshlar va hatto voyaga yetmaganlar ham bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin. Jazoning katta qismini o‘tab, o‘zini o‘zgartirganini amalda ko‘rsatgan mahkumlar ham afv qilinadigan toifaga kiradi.

Kimlar afv etilmaydi?

Hamma ham afv etilmaydi. Og‘ir va qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun hukm qilinganlar, jumladan terrorizm, qasddan odam o‘ldirish yoki zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etganlar afv ro‘yxatiga kirmaydi. Shuningdek, jinoyatni bir necha bor takrorlaganlar, qilgan ishini tan olmay, pushaymonlik ko‘rsatmaganlar ham afv etilmaydi. Jazo o‘tayotgan davrda intizomni buzgan yoki jamiyat uchun yuqori xavf tug‘diradigan shaxslar ham bu imkoniyatdan foydalana olmaydi.

Теги :
Jamiyat