$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

"O‘zbekistonda kichik AESning birinchi reaktorini 5 yildan keyin ishga tushirish rejalashtirilmoqda" — Atom energiyasi agentligi

aes

"O‘zbekistonda kichik AESning birinchi reaktorini 5 yildan keyin ishga tushirish rejalashtirilmoqda" — Atom energiyasi agentligi

Agentlikning taʼkidlashicha, loyiha narxi maxfiy ma’lumot bo‘lib, oshkor etilmaydi.

Kichik AES reaktorgʻarining har biri 55 MVtdan quvvatga ega.

Kichik AES Tuzkon koʻli yaqinida qurilishi rejalashtirilgan

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasining (KQAS) birinchi reaktorini 5 yildan keyin ishga tushirish rejalashtirilyapti.

Atom energiyasi agentligi qoshidagi AES qurish direksiyasi davlat korxonasi kichik AES qurilishiga buyurtmachi hisoblanadi. Loyiha Jizzax viloyatining Forish tumani Tuzkon ko‘li yaqinidagi dastlab yirik atom elektr stansiyasini joylashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan avval tasdiqlangan maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Loyiha qiymati oshkor qilinmagan

“O‘rnatilgan quvvati 330 MVt bo‘lgan oltita RITM-200N reaktor bloki negizida kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish loyihasining qiymati maxfiy ma’lumotlar bo‘lib, oshkor etish shart emas”, — deyiladi agentlik xabarida.

Tashkilotning aniqlik kiritishicha, har biri 55 MVt quvvatga ega bo‘lgan oltita reaktorning barchasi “atom energiyasi sohasidagi me’yor va qoidalar talablarini hisobga olgan holda, turli quvvatdagi atom elektr stansiyalari agregatlari kabi bitta maydonda joylashtiriladi”.

2032-yilgacha kichik AESlarning barchasi to‘liq ishga tushirilishi rejalshtirilgan

Kichik AESning birinchi reaktori quvvatini ishga tushirish joriy yilning yozida boshlanishi kerak bo‘lgan ustuvor ishlar tugaganidan 60 oy (5 yil) o‘tib amalga oshiriladi.

Har bir keyingi reaktor olti oy ichida ishga tushiriladi. Oltita reaktorli kichik AESning to‘liq ishga tushirilishi 2032-yildan oldin amalga oshirilishi kerak.

Kichik AES qurishda mahalliy xomashyo va materiallardan foydalaniladi

Qayd etilishicha, mahalliy umumiy sanoat uskunalari, mahsulotlar va butlovchi qismlar KQAS qurishda loyiha hujjatlarida belgilangan xususiyatlarga muvofiq foydalaniladi.

Kichik AESning uzoq xizmat qilish muddatini inobatga olgan holda mahalliy xomashyo va materiallardan foydalanish zarur, deya qo‘shimcha qilgan agentlik.

Теги :
Jamiyat