$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Biz bu loyiha haqida bilmas edik — Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev

AES

Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev hukumat brifingida O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan atom elektr stansiyasining formati, platformasi va yagona energiya tizimining ishlashiga qanday ta’sir qilishini aniqlash zarurligi haqida gapirdi.

Biz bu loyiha haqida bilmas edik

“Biz bu loyiha haqida bilmas edik, u tom ma’noda 27-may kuni e’lon qilindi. Endilikda o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan bog‘lanib, uni amalga oshirish formati, platformasi va bu yagona energiya tizimining ishlashiga qanday ta’sir qilishini aniqlash zarur. Energetika va xavfsizlik masalalari ham muhim. Tez orada muloqot boshlaymiz”, — deydi Satkaliyev. 

Umumxalq referendumi

O‘tgan yili Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha umumxalq referendumini o‘tkazishni taklif qilgan. Uning qayd etishicha, Semipalatinsk poligonidagi yadro sinovlari oqibatlari tufayli bu qarorni to‘g‘ri deb hisoblaydi. Sinov poligoniga qo‘shni Qaynar qishlog‘ida sinovlar davomida 396 kishi saraton kasalligidan vafot etgan.

Rossiyaning "sovuq" taklifi

Ma’lumotuchun, 27-may kuni Rossiya va O‘zbekiston delegatsiyalari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi doirasida respublikada Rossiya loyihasidagi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hujjatlar qabul qilingandi. “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev Jizzaxda shu yil yozida kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanishini ma’lum qildi.