$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent aeroportida nogironligi bor shaxslar ishlay boshladi

aeroport

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi sakkiz nafar imkoniyati cheklangan fuqarolarni ish bilan ta’minladi. “Uzbekistan Airports” AJ va O‘zbekiston karlar jamiyati vakillari hamkorlikda yo‘lovchilar bilan bevosita ishlovchi xodimlarni imo-ishora tiliga o‘qitishga kelishib oldilar.

Eshitish qobiliyati cheklangan 8 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan

Ma’lum qilinishicha, Toshkent aeroportida faoliyat yurituvchi “Uzbekistan Airports Handling” MCHJ kompaniyasining aeroport terminali xizmatiga eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar yuk aravachasi operatori sifatida ishga qabul qilindi.

Shuning bilan birga, “Uzbekistan Airports” AJ va O‘zbekiston karlar jamiyati vakillari yo‘lovchilar bilan bevosita ishlovchi xodimlarni, jumladan yo‘lovchi tashish xizmati va axborotni qo‘llab-quvvatlash agentlarini imo-ishora tiliga o‘qitishga kelishib oldilar.

Aeroportda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun bir qator qulayliklar yaratilmoqda

Ma’lumot uchun, Toshkent xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlari doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlar o‘rnatilmoqda. Xususan, ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati cheklangan shaxslar uchun qulay muhitni tashkil etish maqsadida taktil texnik vositalar hamda barcha toifadagi nogironlar uchun axborot terminallari, taktil piktogrammalar va ko‘rsatkichlar, tovushli va taktil mnemonik sxemalar, shuningdek, yordam chaqirish tugmalari joylashtirildi. Mazkur vositalar imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish uchun xizmat qilib kelmoqda.