$
 12861.83
-8.07
 13497.20
0.54
 125.47
0.53
weather
+26
Кечаси   +14°

"Bugun kim seni hurmat qilsa, otang uchun qilyapti" — Madaniyat vaziri

Jo

O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Botir Qodirovning Sherali Jo‘rayev o‘g‘illari bilan sudlashayotganiga munosabat bildirdi.

"Bugun kim seni hurmat qilsa, otang uchun qilyapti"

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Botir Qodirov va Zohirshoh Jo‘rayev o‘rtasidagi sud jarayonlari ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Tarmoqlarda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning bu boradagi fikrlari keng tarqala boshladi. 

"Nima bo‘lganda ham uchta tirrancha bir buyuk ijodkorni muhokamaga qo‘yib, tirigida ham, o‘limidan keyin ham bunday qilishga haqqi yo‘q edi. Uchta tirrancha o‘z nafsi, maqsadi yo‘lida buyuk xilqatga nisbatan bunday qilishlari noto‘g‘ri. Bu masalada meni uchalasiga nisbatan eʼtirozim bor. Sherali Jo‘rayev ustoz sanʼatkor sifatida bunday muhokamalarga loyiq emasdi. Bular ehtiyot bo‘lishi kerak, birgina qilgan ishi yoki aytadigan gapi otasiga “minus” bo‘lmasligi haqida o‘ylab ko‘rishi kerak. Hammasiga aytyapman: “Hali obro‘ topib, bir narsani qoyillatgan joylaring yo‘q. Bugun kim seni hurmat qilsa, otang uchun qilyapti”. Shundan foydalanib, u insonning loyga chaplanishiga sabab bo‘lish yaxshi emas. Bu muhokamalarning kelib chiqishida uchta yigitning ham aybi bor. Men bunga qarshiman, chunki ustoz sanʼatkor bunday muhokamalarga qolmasligi kerak. U insonning ruhining “loy”lanib qolishidan ehtiyot bo‘lish kerak, — deydi Ozodbek Nazarbekov.

Voqeaning boshlanishi

Avvalroq ma'lum bo'lishicha, xonanda Shohjahon Jo‘rayev o‘zining Instagram sahifasida Botir Qodirovga tegishtirib, noo‘rin so‘zlarni yozgan. Shu sababli qo‘shiqchi marhum san’atkor Sherali Jo‘rayev oilasini sudga berishga majbur bo‘lgan. Bu haqda Qodirovning prodyuseri Asror Isaxo‘jayev ma’lumot bergan. Qayd etilishicha, Shohjahon Jo‘rayev bir necha oy avval Botir Qodirovga ishora qilib, noto‘g‘ri so‘zlarni yozgan va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan.

"Sen bir umr xalqim, vatanim deb birovlarning g‘ami bilan yashagan bechora otangni qabrga qo‘yganingni hazm qilolmay azoblanib, berkinib yig‘lab yurganingda va uni sog‘inganingdan kiygan kiyimlarida qolgan hidlarini hidlab, u inson bilan bir soniyaga bo‘lsa ham ko‘rishish uchun butun borlig‘ingni berishga tayyor turgan bir paytda o‘zining kimligi-yu kimdanligini bilmay o‘zidan ham shubhalanib yurgan, hayotini faqat piar uchun, birovlarning e’tiborini maddohlik qilib, soxtalik bilan qozonish uchun va eng asosiysi bir paytlar (kimligi aniq bo‘lgach, ma’lum bir vaqtgacha) non berib mardlik qilgan, seni qabr ichida yotgan otangni omma oldida obro‘sizlantirib – "Nomard" deb katta gapirgan "shoqollar" yana otangni qo‘shig‘ini aytib, o‘ynab yursalar-u, buni ko‘rib tafakkur qilmay, og‘zini ochib o‘tirgan o‘z elingdan hayron-u lol bo‘lar ekansan afsus", degan Shohjahon Jo‘rayev.

Sud ishlari

Shundan so'ng xonanda Botir Qodirov marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li Shohjahon Jo‘rayevni otalikni belgilash uchun sudga bergani, san’atkorlar o‘rtasidagi mojaro Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida, sudya Lola O‘tanboyeva raisligida ko‘rib chiqilayotgani ma'lum bo'lgan. Aniqlashtirilishicha, Botir Qodirov 2024-yilning 19-mart kuni sudga ariza kiritgan. Ishni ko‘rish 15-aprel kuni boshlangandi.

Tarmoq faollarining mavzu yuzasidan fikrlari

Men ushbu keysda da’vogar Botir Qodirovni to‘liq qo‘llab quvvatlayman. Uni haqiqatni bilishga, onasini nomini oqlashga, istagan narsasini isbotlashga va xohlasa buni elga ovoza qilishga haqqi bor. Turli san’atkorlar o‘zicha o‘lgan odamniyam tinch qo‘yishma deb postlar yozib, yigitlarga dakki berishyapti. Hatto san’atkorlarni shepi Ozod aka ham. Men ularni fikriga qo‘shilmayman. Bo‘ladigan ish uzil-kesil hal bo‘lishi kerak. 

Nurbek Alimov — bloger

Nazarbekov bir san’atkor o‘laroq fikr yuritibdi. Lekin masala bu yerda yanada jiddiyroq. Huquq masalasida shoshmaslik kerak. Oiladagi masalalarda ham kimnidir tutgan pozitsiyasiga baho berish noto‘g‘ri. Biz bularni ichidan bilmaymiz. Sudgacha kelishgan ekan bu yerda ancha gaplar bor. Sudlashib yurishni kim xohlaydi? Botir Qodirov ham bekorga da’volashmayotgandur? Jo‘rayevlarni ham bir haqiqati bordur?!

Bahodir Ahmedov — huquqshunos bloger