$
 12114.97
40.69
 14260.53
41.86
 162.07
1.21
weather
+26
Кечаси   +14°
Favvora 29
30

Favvoralar mavsumi boshlandi

1-maydan boshlab poytaxtda favvoralar mavsumi boshlandi. Bog‘lar, xiyobonlar va maydonlarda suv shovqini yana eshitilib, shaharga o‘zgacha kayfiyat bermoqda. Kunduzi quyosh nuri ostida jilvalangan suv tomchilari ko‘zni quvontirayotgan bo‘lsa, kechga borib Mustaqillik maydoni yanada go‘zal ko‘rinmoqda.
Батафсил →
G

47 ta Burj Xalifa yoki dunyoning top 10 grand klublari: G‘azoni tiklash uchun qancha mablag‘ ketadi?

G‘azo sektori ikki yil davom etgan shiddatli jangovar harakatlardan so‘ng misli ko‘rilmagan gumanitar va iqtisodiy halokat yoqasida turibdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Yevropa Ittifoqi va Jahon banki bilan hamkorlikda tayyorlangan so‘nggi tahliliy hisobot mintaqani qayta tiklash uchun talab qilinadigan moliyaviy mablag‘ ko‘lamini ochiqladi. Unga ko‘ra, vayron bo‘lgan infratuzilmani qayta qurish va asosiy hayotiy xizmatlarni iziga tushirish uchun qariyb 71,4 milliard dollar zarur.
Батафсил →
urush

Besh mingga yaqin o‘zbekistonlik Rossiya safida Ukrainaga qarshi jang qilmoqda

Ukrainaning “Xochu jit!” (“Yashashni xohlayman!”) davlat loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston, avvalgidek, Rossiya safida urishayotgan yollanma aksarlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda — ular mamlakatning 4853 nafar fuqarosining shaxsiy ma’lumotlarini aniqlagan. Bu haqda “Xochu jit!” vakillari “Ukraina — Markaziy Osiyo” loyihasi so‘roviga javoban ma’lum qildi.
Батафсил →
Umumiy ovqatlanish korxonalari

Restoran va kafelar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bekor qilinishi mumkin

O‘zbekiston soliq tizimida umumiy ovqatlanish sohasi vakillari uchun kutilmagan, ammo ijobiy o‘zgarishlar shamoli esmoqda. Shu yilning 21-aprel kuni Soliq qo‘mitasi mutasaddilari hamda tadbirkorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda sohaga oid soliq yukini keskin kamaytirish masalasi kun tartibiga chiqdi. Gap umumiy ovqatlanish korxonalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) nol darajaga tushirish haqida bormoqda.
Батафсил →