$
 12097.33
-31.13
 14233.72
-70.59
 160.53
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°
aviatsiya

Harbiy aviatsiya poygasi: Dunyodagi eng katta havo kuchlari kimga tegishli?

Bugungi kunda davlatlarning harbiy qudrati faqat askarlar yoki tanklar soni bilan emas, balki osmondagi kuch bilan ham baholanadi. Kimning harbiy samolyotlari ko‘p va kuchli bo‘lsa, o‘sha davlat urushda katta ustunlikka ega bo‘ladi. Shu sabab ko‘plab mamlakatlar harbiy aviatsiyani rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2026-yil holatiga ko‘ra GlobalFirepower tashkiloti dunyodagi eng katta harbiy havo kuchlariga ega davlatlar reytingini e’lon qildi. Reyting natijalari ayrim davlatlar o‘rtasida juda katta farq borligini ko‘rsatadi.
Батафсил →
Piyoda yurish

Qulay ko‘chalar umrni uzaytiradi – tadqiqot

Inson salomatligi ko‘p jihatdan uning kundalik harakatiga bog‘liq ekani hech kimga sir emas. Biroq zamonaviy hayot tarzi bizni tobora kamharakatlikka yetaklamoqda. Ko‘pchiligimiz jismoniy faollikni faqat shaxsiy iroda yoki sport zaliga borish bilan bog‘laymiz. Aslida esa, biz yashayotgan muhit — deraza ortidagi ko‘chalar, piyodalar yo‘lagi va yashil bog‘lar biz sezmagan holda salomatligimizni shakllantiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Батафсил →
Issiqxona

Toshkent issiqxonalardan tozalanmoqda: Ko‘chish manzili — Surxondaryo

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9-apreldagi “Surxondaryo viloyatida issiqxona xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mamlakat agrosanoat majmuasida tub burilish yasadi. Mazkur hujjat bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi issiqxona xo‘jaliklarini iqlimiy jihatdan qulay va iqtisodiy samarador Surxondaryo viloyatiga bosqichma-bosqich ko‘chirish strategiyasi tasdiqlandi.
Батафсил →