$
 12962.98
14.88
 13377.80
-124.48
 123.68
2.67
weather
+26
Кечаси   +14°

Z avlodda avtomobillarga qiziqish past

Z

Bugungi kunda avtomobillar soni dunyo bo‘ylab misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi. Har qaysi yerda haydovchilar ko‘paydi. Biroq yoshlar – kichik milleniallar va ayniqsa zumerlar – mashinalarni boshqarishga bunchalik qiziqmasligi ajablanarli, deb yozmoqda “Eto fayb” Telegram kanali.

1990-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan davrda o‘smir haydovchilar soni 35 foizga qisqargan

Masalan, AQSHda 1983-yilda 16 yoshlilarning 43 foizida haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib bu ko‘rsatkich 25 foizga tushgan. 1990-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan davrda o‘smir haydovchilar soni 35 foizga qisqargan. Hatto 20-34 yosh oralig‘idagi haydovchilar soni ham 18 foizga kamaygan. Bu tendensiya nafaqat Amerikada, balki rivojlangan dunyoning boshqa mintaqalarida ham kuzatilyapti.

Yevropa mamlakatlaridagi holat

Buyuk Britaniyada so‘nggi 20 yil ichida haydovchilik guvohnomasiga ega o‘smirlar soni ikki baravarga qisqarib, 41 foizdan 21 foizga tushgan. Germaniyada, bir vaqtlar avtomobil madaniyati bilan mashhur bo‘lgan yurtda ham yoshlar mashina haydashga unchalik qiziqmay qo‘ydi. Parijda bir kishi tomonidan mashinalarda amalga oshirilgan safarlar soni 1970-yillar darajasiga tushib ketdi.

Avvalgi avlodlar uchun avtomobil boylik ramzi

Avvalgi avlodlar uchun avtomobil boylik ramzi, mustaqillik va katta yoshli insonning ajralmas atributi sifatida qaralar edi. Bu nafaqat Amerika qishlog‘idagi “Dodj” haydayotgan fermerni, balki sovet davrida o‘zining “Devyatkasi”ga erishgan moskvalikni ham birlashtirardi. Lekin bu an’ana so‘nggi avlodlar uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotyapti.

Bunga sabab nima?

Internet – buning asosiy sabablaridan biri. Xizmatlar uyga yetkazib beriladi, muloqot onlayn tarzda kechadi, kinofilmlar esa striming platformalar orqali ko‘riladi. Yoshlar orasida do‘stlar bilan oflayn muloqot kamaygan. Bunday sharoitda avtomobil zarurati ham pasayyapti.

Ikkinchi sabab – urbanizatsiya

Ikkinchi sabab – urbanizatsiya va shaharlarni qayta rejalashtirish. Parij “15 daqiqalik shahar” konsepsiyasiga o‘tishni maqsad qilgan – bu yerda har qanday xizmat va infratuzilmalar piyoda masofasida bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Oslo markazidagi avtoturargohlar deyarli yo‘q bo‘ldi, Moskvada esa pullik avtoturargohlar mashinalardan foydalanishni cheklashda muhim rol o‘ynayapti.

Mashinalarni ijaraga olish va jamoat transporti alternativalari

Shuningdek, mashinalarni ijaraga olish va jamoat transporti alternativalarining ko‘payishi ham yoshlar orasida shaxsiy avtomobil xarid qilish qiziqishini kamaytiryapti. Moskvada ijaraga beriladigan mashinalar soni 2014-yildagi 350 ta dan 2023 yilga kelib 33 mingtaga yetdi. Yoshlar uchun bu yechim ko‘proq samarali, chunki u arzon va qulay.

Z avlodda elekromobillarga qiziqish yuqoriroq

Shaxsiy avtomobillar narxi va ularni saqlash xarajatlari yildan-yilga oshib boryapti. Yoshlar ko‘pincha uzoqroq o‘qishadi, uzoqroq ota-onaga bog‘lanib yashashadi va bu vaziyatda shaxsiy avtomobil o‘rniga ota-ona mashinasidan foydalanish osonroq. Bundan tashqari, eko-trend ham ahamiyatli – zumerlar elektromobillarga ko‘proq qiziqish bildiryapti.

Shu bilan birga, yirik shaharlardan tashqari joylarda shaxsiy avtomobil hali ham erkinlik va mustaqillik ramzi sifatida qolyapti. Chunki bunday joylarda jamoat transporti yetarli darajada rivojlanmagan va avtomobilsiz hayotning o‘zi qiyin.

Теги :
Jamiyat