$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Surunkali stress, uyqusizlik va noto‘g‘ri ovqatlanish: Ko‘z nurini shikastlovchi zararli harakatlar

ko

Ko‘zlar bizga berilgan eng bebaho ne’matlaridan biri. Dunyoni tanish, ranglarni ajratish, yaqinlarimizning chehrasini tomosha qilish — bularning barchasi ko‘zlarimiz salomatligiga ko‘proq ahamiyat berishimizga undaydi. Quyida esa ko‘rish sezgirligi tushib ketishiga sabab bo‘ladigan odatlar va ularga yechimlarni keltirib o‘tamiz.

Noto‘g‘ri ovqatlanish tartibi

Ko‘zlar salomatligi uchun sabzi va yashil bargli o‘simliklarni iste’mol qilishning o‘zi yetarli emas. Ko‘z nuri va ovqatlanishning unga ta’siri ancha murakkab jarayon. Agar siz doimiy shirinliklar, qayta ishlangan mahsulotlar, qahva va fast-foodlar iste’mol qilsangiz, yaqin kelajakda ko‘zlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelishingiz mumkin. Chunki A, C, E vitaminlari, rux va omega-3 kabilarning yetishmasligi ko‘z to‘r pardani zaiflashtiradi va yorug‘likka sezgir bo‘lib qoladi. Ortiqcha tuz va shakar ham zararlidir: ular qon aylanishini buzadi va glaukomaga olib keladi.

Buning uchun menyuga ismaloq, brokkoli, dengiz baliqlari, yong‘oqlar va tuxum qo‘shing. Kamroq shakar iste'mol qiling, ko‘proq suv iching. Va ha, sabzi yaxshi, lekin zaytun moyi bilan - yog‘siz, A vitamini shunchaki so‘rilmaydi.

Surunkali stress

Uzoq muddatli stress tanadagi resurslarini “yeb boradi”, natijada mushaklar yanada torayadi. Ko‘z mushklari bunda diqqatni jamlashga qiynaladi, to‘r parda esa yaxshi qon aylanmaslikdan aziyat chekadi.

Ammo bu hali hammasi emas. Doimiy stress ko‘zdagi ichki bosimini oshiradi, bu vaqt o‘tishi bilan glaukomaga olib keladi.

Uyqusizlik va charchoq

Uyqusizlikdan nafaqat bosh miya, balki ko‘zlar uchun ham zararli. To‘g‘ri damning yetishmasligi quruq ko‘zlar sindromiga, qizarish va hatto vaqtinchalik ko‘z nurining kamayishiga olib keladi.

Ko‘zlar doimiy ravishda ko‘zyosh ishlab chiqaradi va bu yoshlar ko‘z yuzasini namlantirib turish vazifasini bajaradi. Uyquga to‘ymaslik ko‘zlardagi ushbu tabiiy funksiyani buzadi. Natijada ko‘z yosh bezlari yetarlicha suyuqlik ishlab chiqarilmaydi yoki ko‘z yoshlar ko‘z yuzasini namlantirishga ulgurmay bug‘lanib ketadi. Ba’zilarda bularning har ikkisi ham kuzatiladi. Bunda ko‘zlar quruq va qadalayotgandek bo‘laveradi.

Bundan tashqari, uyqu qon tomirlarining normal ishlashi uchun javobgardir. Uyqu sifatining buzilishi ko‘zlar to‘r pardasining qon bilan ta’minlanishini buzadi, bu esa ko‘rish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

Mutaxassislar uyqu vaqti va rejimini normallashtirishni, kuniga kamida 7-8 soat uxlash, yotishdan bir soat oldin gadjetlardan foydalanmaslikni va xonada sukunat va qorong‘ilikni ta’minlashni maslahat berishmoqda.

Smartfon, gadjet va boshqa texnikalar zarari

Uzoq vaqt davomida ekran oldida bo‘lish ko‘zlarni zo‘riqtiradi. Ko‘zlar quruqlashib, charchash, og‘riq yoki noqulaylik tug‘diradi. Bundan tashqari, smartfon ekranlari o‘zidan ko‘k nur chiqaradi, u uzoq muddatda ko‘z to‘r pardasiga zarar yetkazadi hamda melatonin gormoni ishlab chiqarilishiga to‘sqinlik qilib, uyquni buzadi.

Ifloslangan havo

Katta shaharda asosan havo quruq bo‘ladi, zararli va zaharli gaz va tutunlar ko‘p bo‘ladi. Bularning bari ko‘zlar salomatligida aks etadi.

Linzalar gigiyenasi

Kontakt linzalari millionlab odamlarga yaxshi ko‘rishga yordam beradigan ajoyib ixtirodir. Ammo ulardan noto‘g‘ri foydalansa, yaxshi parvarish qilinmasa aks ta’sir qilishi mumkin.

Yuqoridagi omillar tufayli ko‘z nuriga zarar yetishi shubhasiz. Biroq ushbu sabablarni o‘rgangan holda sog‘lom turmush tarziga qaytib, ko‘z salomatligini yaxshilash har birimizning o‘z qo‘limizdadir.