$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

y 5 14

Toshkent shahrida to‘rtta avtomobil to‘qnashib ketdi. YTH oqibatida ikki kishi jarohatlandi. Bu haqida poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi YXHB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa qanday yuz bergan

Bayon etilishicha, mazkur holat 13-may kuni soat 18:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasida sodir bo‘lgan. Mazkur hodisaga 1972-yilda tug‘ilgan M.T. boshqaruvidagi Matiz, 1998-yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti, 1982-yilda tug‘ilgan R.A. boshqaruvidagi Spark hamda 1996-yilda tug‘ilgan S.D. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli avtomashinalarining to‘qnashib ketgani sabab bo‘lgan. Oqibatda esa 2 nafar fuqaro tan jarohat olgan.

Ichki ishlardan ogohlantirish

“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Toshkentda “avariya” yangilik emas

Ma’lumot uchun, bu keyingi kunlarda Toshkent shahrida bir necha avtomobillar orasida sodir bo‘lgan birinchi YTH emas. 6-may kuni ham poytaxtning Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida 6 ta mashina to‘qnashib ketgan edi. Oqibatda esa bir haydovchi hamda bir yo‘lovchi jarohatlangan.

Avtohalokatlar nega ko‘paymoqda?

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati rahbari Qahramon Xudoyberganov so‘nggi paytlarda bunday noxush holatlar nega ko‘payganiga izoh berar ekan, haydovchilarning belgilangan oraliq masofani saqlamasligi yoki tezlikni oshirishi sabab bo‘layotganini aytib o‘tgan

Eslatib o‘tamiz, 12-may kuni Chilonzor tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit BYD avtomobilida YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, uni urib yuborgani haqida xabar bergan edik.

Теги :
Avto