$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

22 yashar haydovchi YPX xodimini bosib ketdi

ypx

Toshkent shahar IIBB xabar berishicha, Chilonzor tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit BYD avtomobilida YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, uni urib yuborgan.

Holat aslida qanday bo‘lgan?

Qayd etilishicha, 12-may kuni taxminan soat 19:20 larda Chilonzor tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektori o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtida Lutfiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan BYD rusumli avtomobil harakat davomida shubha uyg‘otgani sababli hushtak yordamida to‘xtash ishorasini bergan.

To‘xtash ishorasi berilganiga qaramay inspektorni urib yuborgan

Biroq 22 yoshli haydovchi O.A. YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirgan va 150-200 metr o‘tib ortga qayrilib olgan vaqtida, YPX inspektori qayta to‘xtash ishorasini berib, avtomashinalar harakatini to‘liq to‘xtatgan.

Ikkala son suyagi sinishi

O.A. esa YPX inspektorining ustiga mashinasini haydab, uni urib yuborgan. Oqibatda, YPX inspektori ikkala son suyagi sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 266-moddasi 1-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.