$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Insonlar yiliga 110 soat, ya’ni 5 kunini to‘liq Youtube’ga sarflaydi

you tube

Qaysi film yoki video ko‘rishni tanlaguncha qancha vaqt sarflaysiz? Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, bir kishi o‘rtacha yiliga 110 soat, ya’ni to‘liq 5 kunni faqat shunga sarflaydi! Bu vaqtda siz bir nechta kitob o‘qishingiz, yangi hunar yoki sevimli mashg‘ulotingizga e’tibor qaratgan bo‘lar edingiz. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, odamlar soatlab kontent izlab o‘tirishi ulardagi vaqtning ortiqcha isrof bo‘lishiga olib kelmoqda. 

Tomoshabin algoritmlar taklif qilmoqchi bo‘lgan videolarni ko‘rishadi

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 10 yil ichida YouTube va striming platformalarida kontent miqdori keskin ko‘paydi. Bugungi kunda har bir kishi xohlagan mavzuda video topishi mumkin. Lekin bunday katta tanlov ko‘pincha qaror qabul qilishni qiyinlashtiradi. Ustuvorliklarni belgilash o‘rniga, odamlar soatlab kontent izlab o‘tirishadi, natijada vaqt yo‘qotiladi.Ko‘pchilik buni algoritmlar orqali osonlashishi kerak, deb o‘ylaydi. Lekin amalda, YouTube va boshqa platformalarning tavsiya tizimlari tanlovni yengillashtirish o‘rniga, aksincha, uni yanada murakkablashtiradi. Chunki bu tizimlar nafaqat qiziquvchanlikni, balki reklama va foydani ustun biladi. Natijada siz kerakli kontentni emas, balki algoritmlar sizga taklif qilmoqchi bo‘lgan videolarni ko‘rasiz.

Tanlov qiyinligi aqliy charchoqni keltirib chiqaradi

Shuningdek, tanlov qiyinligi faqat vaqt yo‘qotish emas, balki stressni ham keltirib chiqaradi. Inson bir vaqtning o‘zida juda ko‘p variantlarni ko‘rib chiqqanda, odatda, biror narsani tanlashdan qoniqish hissi paydo bo‘lmaydi. Bu esa aqliy charchoqqa olib keladi.

Mutaxassislar o‘z vaqtidan samarali foydalanish uchun ma’lum ustuvorliklarni belgilashni va kontent tanlash jarayonini soddalashtirishni tavsiya qilmoqda.