$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Boy davlatlar yordamining qisqarishi kambag‘allikni kuchaytirishi mumkin

xta

Jahon banki 78 ta eng qashshoq mamlakatga, jumladan O‘zbekistonga ham yordam ko‘rsatishda tobora ko‘proq murakkabliklarga duch kelmoqda. Buning sababi har bir davlat duch kelayotgan muammolarning o‘ziga xosligi va boy mamlakatlar tomonidan ajratilgan mablag‘larning so‘nggi o‘n yilliklardagi eng past darajaga tushib qolganidir, deb yozadi The Economist.

Oʻzbekistonga qaratilgan eʼtibor va boshqa davlatlarning holati 

Jahon bankining asosiy vazifalaridan biri global miqyosda kambag‘allik va tengsizlikni kamaytirishdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun bank rivojlangan mamlakatlar va boshqa homiylardan moliyaviy mablag‘larni jalb qiladi. Biroq, ushbu resurslarni eng qashshoq mamlakatlar o‘rtasida adolatli taqsimlash katta murakkablikni talab qiladi.  

Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) aynan eng kambag‘al davlatlarga yordam berish bilan shug‘ullanadi. Hozirda ushbu assosiasiyadan moliyaviy yordam olish huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlar soni 78 tani tashkil etadi. Markaziy Osiyoda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston ham ushbu ro‘yxatga kiradi.

Rivojlanayotgan va qashshoq mamlakatlar

The Economist ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu 78 mamlakatning ehtiyojlari bir-biridan keskin farq qilishi va boshqa turli omillar tufayli assosiasiya tomonidan ularga yordam ko‘rsatish tobora qiyinlashmoqda.  

Masalan, Niger kabi mamlakatlarda aholining yarmidan ko‘pi qashshoqlik chegarasida yashaydi, hatto elektr energiyasi kabi asosiy resurslar yetishmaydi. Bunga qarama-qarshi holda, Bangladesh singari rivojlanayotgan davlatlar ancha murakkab ehtiyojlarga ega boʻlib, ular qayta tiklanuvchi energiyaga investitsiyalarni jalb qilish kabi yuqori darajadagi strategik masalalarni hal qilishga muhtoj.

Yutuqlar va moliyaviy cheklovlar

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi har yili qashshoq mamlakatlardagi muammolarni hal qilish uchun milliardlab dollar mablag‘ ajratadi. Biroq, yordamga bo‘lgan talabning ortishi va donorlarning moliyaviy yordami yetarli darajada bo‘lmagani tashkilot imkoniyatlarini cheklamoqda.  

2024-yilda XTA o‘z tarixidagi eng katta fondni — 100 milliard dollarni jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo, bu mablag‘ning asosiy qismi xayriya emas, qarzlar hisobidan shakllantirildi. Boy davlatlarning ajratgan hissalari inflyatsiya ta’sirida so‘nggi o‘n yilliklardagi eng past darajaga tushib qoldi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun Jahon banki bozordan qarz olish hajmini oshirdi va ba’zi grantlarni kreditlarga almashtirdi.  

Bunday strategiya o‘ziga xos xavflarni ham keltirib chiqaradi: bu kambag‘al mamlakatlarning qarz yukini orttirib, ularning iqtisodiy barqarorligini yanada zaiflashtirishi mumkin.

Iqlim o‘zgarishi va asosiy ehtiyojlar o‘rtasidagi muvozanat  

Jahon banki boy davlatlar tomonidan iqlim tashabbuslarini moliyalashtirish masalasida kuchli bosim ostida qolmoqda, chunki rivojlangan mamlakatlar bu yo‘nalishni ustuvor deb biladi. Ammo kambag‘al mamlakatlar uchun asosiy ehtiyojlar – maktablar, yo‘llar, va tibbiy xizmatlar kabi infratuzilma masalalari birlamchi ahamiyatga ega. Qayta tiklanuvchi energiyaga investitsiyalar esa ular uchun kechiktirilishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali masala bo‘lib qolmoqda.

Ayni vaziyatda Jahon banki mavjud talab va moliyaviy etishmovchiliklar oʻrtasida muvozanat topishi kerak. XTA – dunyodagi koʻplab eng kambagʻal mamlakatlar uchun yagona moliya manbayi boʻlib qolmoqda, bu esa uning faoliyati barqaror davom etishi qanchalik muhimligini koʻrsatadi. Samarali echimlar topilmasa, dunyoda kambagʻallik va tengsizlik muammolari yanada kuchayishi mumkin.

Теги :
Jamiyat