$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Joriy yilda yuz bergan yong‘inlar o‘tgan yilga qaraganda 6,2 foizga kamaygan

yong

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov yong‘in xavfsizligi oyligi yakunlari haqida ma’lumot berdi.

Ijtimoiy soha va qurilish obyektlarida 997 ming 828 ta tekshiruvlar o‘tkazilgan

Ma’lum qilinishicha, yong‘in xavfsizligi qoidalarini targ‘ib qiluvchi 1 million 209 ming 665 ta nusxada eslatmalar odamlar ommaviy yig‘iladigan obyektlarda tarqatildi

Bu yilgi oylik davomida uy-joy fondi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va qurilish obyektlarida 997 ming 828 ta tekshiruvlar o‘tkazildi.

Shuning bilan birga, tadbir davomida umumiy hisobda 2 million 811 ming 879 nafar fuqarolar qamrovida 98 ming 467 marotaba kengaytirilgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Televideniye orqali 976 ta ko‘rsatuvlar namoyish etilgan

4 ming 047 marotaba yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashq va mashg‘ulotlar, 3 ming 659 marotaba odamlar ommaviy yig‘iladigan maskanlarda yong‘in qutqaruv texnikalarining namoyishi tashkil etildi.

Ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda televideniye orqali 976 ta ko‘rsatuvlar, 1 ming 346 ta telereportaj va 2 ming 267 ta lavhalar namoyish etildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida oylik davrida yuz bergan yong‘inlar soni o‘tgan yil bilan taqqoslanganda 6,2 foizga kamayishiga erishildi.

Aholiga tavsiyalar

Xulosa qilib aytganda, respublikamizning barcha hududlarida yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik ishlar davom ettiriladi, bunga Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha kuch-vositalari safarbar etilgan.

Shuningdek, aholidan qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, havo-gaz aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagi tavsiyalarga rioya qilishi so‘ralmoqda:

1.isitish pechlar, ularning dudburonlari hamda shamollatish kanallarini mutaxassislar ko‘rikdan o‘tkazilganidan so‘ng foydalanish;

2. qo‘lbola yasalgan isitish pechlardan foydalanmaslik;

3. o‘zboshimchalik bilan uyni gazlashtirmaslik, pech va dudburonlarni o‘rnatmaslik, hamda gaz asboblari o‘rnini almashtirmaslik;

4. dudburonlarni zichligigiga, ularni ichki qismi tozaligiga va havo tortish qobiliyatiga e’tibor berish;

5. Is gazidan zaharlanish va gaz-xavo aralashmasining chaqnashini oldini olish maqsadida vaqti-vaqti bilan derazalarni ochib xonadagi havoni almashtirib turish.

6. Qattiq yoqilg‘ida ishlatishga mo‘ljallangan pechlarga qo‘lbola gaz moslamalarni o‘rnatmaslik;

7. Gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari o‘rnatilgan taqdirda foydalanish.

8. oshxonada o‘rnatilgan gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmaslik;

9. gaz hidi sezilganda, elektr yoritish chiroqlarini yoqmang yoniq bo‘lsa o‘chirmasdan, xonani tezda shamollatish choralarini ko‘rish va zudlik bilan “104” telefon raqami orqali avariya xizmatiga, agarda yong‘in sodir bo‘lsa Favqulodda vaziyatlar vazirligining 101 raqamlarigi xabar berish so‘raladi.