$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Valyutchik”lar ishi besh(mi)?

positive

Bu holatlar haqida bosh porokuratura Departamenti xabar qilgan.

Respublika bo‘ylab noqonuniy valyuta ayrboshlash holatlari

Samarqanddagi holat 12 424 AQSH dollari

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi, va Milliya gvardiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.B. qonunga xilof ravishda jami 3 150 AQSH dollarini fuqaro A.A.ga 39,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 12 424 AQSH dollari , 200 Yevro, 9 600 Turk lirasi, 138 945 Rossiya rubli, 368 500 Qozoq tengesi va 500 ming so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Karmana tumani 1 900 AQSH

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Sh.J. fuqaro K.X.ga jami 5 000 AQSH dollarini 63,3 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 1 900 AQSH dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Navoiy shahri 3 000 AQSH dollari

Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.O‘. va S.A. fuqaro N.F.ga jami 3 000 AQSH dollarini 37,9 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Chilonzor tumani 239 356 AQSH dollari

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.A. (muqaddam sudlangan) o‘z uyida navbatdagi mijoz I.A.ga 5 502 AQSH dollarini 69,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan valyuta qimmatliklarini olish va o‘tkazishda foydalanib kelingan jami 239 356 AQSH dollari va 482 mln so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mirzo Ulug‘bek tumani 5 300 AQSH dollari

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.E. fuqaro U.Yu.ga jami 5 300 AQSH dollarini 67 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qo‘shtepa tumani 3 200 AQSH dollari 

Departamentning Qo‘shtepa tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.E. jami 3 150 AQSH dollarini 40 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida 3 200 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Paxtaobod tumani 4 000 AQSH dollari 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Sh.I. fuqaro F.O.ga jami 4 000 AQSH dollarini 50,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, 4 000 AQSH dollari va 18,3 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan. 

To‘raqo‘rg‘on tumani 2 900 AQSH dollari

Departamentning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan F.K. fuqaro M.X.ga jami 2 900 AQSH dollarini 36,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan. 

Navoiy shahri 3 700 AQSH dollari

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar J.S. va Z.X. fuqaro A.J.ga jami 3 700 AQSH dollarini 47 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Buloqboshi tumani 1 600 AQSH dollari 

Departamentning Buloqboshi tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.M. fuqaro D.Q.dan jami 3 000 AQSH dollarini 37,7 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, 1 600 AQSH dollari va 43,7 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Jinoyat ishlari

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi ya'ni valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Moliyaviy kemiruvchilar” muammosi

Biz hammamiz ko‘chalarda, bozorlar yaqinida va shu kabi joylarda valyuta qiymatliklarini alishtirishini jar solib turgan odamlarni ko‘rganmiz. O'sha siz e'tibor qilmagan fuqarolar ayni ko‘chada bemalol yurgan qonunbuzarlardir.

Aslida bu sizga zararsizdek, e'tiborga arzimasdek tuyulishi mumkin, ammo qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini olish, o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining valyuta yakka hukmronligiga jiddiy zarar beradi.

Bundan tashqari, har bir qonunbuzarlik sirtdan boshqasiga bog‘lanadi. Valyuta bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlari ko‘pincha talon-taroj qilish, poraxo‘rlik, bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari bilan bog‘liq bo‘ladi.

Shu turga kiruvchi jinoyatlarni faqatgina ma'muriy jazo qo‘llash bilan emas, unga bog‘liq tarmoqlar bilan birgalikda o‘rganish maqsadga muvofiqdir. 

Ma'lumot o‘rnida, Jinoyat kodeksining 177-moddasida soxta valyutani bilmasdan olgan va tarqalishiga hissa qo‘shilganda ham valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish sifatida belgilanishi keltirib o'tilgan.

Теги :
Jamiyat