$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Soxta pullar uchun haqiqiy jazo

dollar

Pul kupyuralarini soxtalashtirish jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi. Andijonlik fuqaro esa birato‘la dollarlarni soxtalashtirdi.

Namanganlik “valyutchik”

9-may kuni Namangan viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati, jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan Pop tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda soxta pullar ishlab chiqargan shaxs qo‘lga olindi.

Muqaddam sudlangan “soxtakash”

Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi muqaddam jinoyat kodeksining 176-moddasi 4-qismi bilan sudlangan fuqaro Pop tumani Sohibkor mahallasidagi bekatda tadbir ishtirokchisiga yuz dollar miqdoridagi pulni ellik dollar hisobida hisoblab jami 2700 dollarni 1400 dollarga sotmoqchi bo‘layotgan paytida qo‘lga olindi.

Soxta valyutalar oddiy oddiy uskunalarda

Soxta pullar tayyorlagan shaxsning avtomashinasi ham tekshirilgan paytda, mashinaning old o‘ng eshigiga bekitilgan 100 dollarlik kupyura shaklidagi 1000 dollar soxta pullar bor ekanligi aniqlangan va xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tekshirish uchun olingan jami 3900 dollar pul tayyorlash uslubi tipografiya korxonasida maxsus himoya vositalari bilan ta’minlangan qog‘ozda emas, oddiy qog‘ozda boshqa dastgoh va uskunalar yordamida tayyorlangan ekanligi aniqlangan.

Tergov ishi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-modda 2-qism A bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.