$
 12019.27
32.97
 13984.42
46.75
 165.65
2.04
weather
+26
Кечаси   +14°

YIdan Xitoy elektromobillariga “urush”: Mercedes, BMW va Volkswagen urushga mutlaqo qarshi

BYD

Yevropa Ittifoqi bir necha oylik o‘ylanishlardan keyin Xitoy bilan keng ko‘lamli iqtisodiy urushni boshlashga qaror qildi. YI Xitoyda ishlab chiqarilgan arzon va zamonaviy elektromobillarga boj joriy etmoqda, deb xabar beradi BBC.

Savdo urushining boshlanishi

Bojlarga nafaqat xamon, konyak va boshqa Yevropa mahsulotlarini taqiqlashni ko‘rib chiqayotgan Xitoy, balki Yevropaning asosiy avtomobil ishlab chiqaruvchisi — Germaniyaning avtomobil zavodlari ham qarshi chiqqan. Ammo Yevrokomissiya masalani YIga a’zo 27 ta davlat o‘rtasida ovozga qo‘ydi va 4-oktyabr kuni ular savdo urushini boshlashni ma’qulladi.

Halol raqobatda g‘arb yutqazib qo‘ymoqda – Xitoy

G‘arb global isishning asosiy sababi — issiqxona gazlariga qarshi kurashish uchun benzinga bo‘lgan talabni kamaytirish yo‘lida transportni elektrlashtirishni maqsad qilgan bo‘lsa ham, Xitoy elektromobillarining kirib kelishini cheklash uchun kurashmoqda.

AQSh va Yevropa Xitoyni o‘z avtomobil sanoatiga subsidiya ajratayotganlikda ayblamoqda. Xitoy esa mazkur ayblovlarga qo‘shilmay, G‘arb shunchaki halol raqobatda xitoylik mehnatkash ishchilar va muhandislarga yutqazib qo‘yayotganini ta’kidladi.

Yangi savdo urushi har qachongidan ham keskin

Qayd etilishicha, sayyoradagi eng kuchli iqtisodiyotga ega mamlakatlar o‘rtasidagi yangi savdo urushi har qachongidan ham keskin. Jahon iqtisodiyotining 17 foizi Xitoy va Yevropa Ittifoqi hisobiga to‘g‘ri keladi, joriy yilda erishilgan umumiy mablag‘ 110 trillion dollardan oshadi. AQShda esa mazkur ko‘rsatkich 25 foizdan ziyod.

AQSh Xitoy uchun o‘z bozorini 2024-yil may oyida deyarli yopgan edi — mamlakat Xitoy avtomobil sanoatining barcha turdagi mahsulotlari importi uchun 100 foizli boj joriy etgan. Yaqinda esa Oq uy kelajakda barcha mashinalarga o‘rnatilgan Xitoy yoki Rossiya dasturiy ta’minotlaridan voz kechishini ma’lum qilgandi.

Yevropa Ittifoqi esa raqobatni ancha ehtiyotkorlik bilan boshladi. YI avvaliga 2023-yili adolatsiz raqobatga oid shubhalarni tekshirishni boshladi, bir yildan keyin esa Xitoy elektromobillari uchun bojni amaldagi 10 foizdan 30 foizga oshirishini ma’lum qildi.

Mercedes, BMW va Volkswagen savdo urushiga keskin qarshi

Xitoy avtosanoatining asosiy raqobatchisi – Germaniyaning Mercedes, BMW va Volkswagen avtomobil ishlab chiqaruvchilari Xitoy bilan savdo urushiga keskin qarshilik ko‘rsatdi. Ular jami daromadlarining 25 foizdan ortig‘ini Xitoy bozorida dunyo bo‘ylab avtomobil sotishdan oladi va javob sanksiyalaridan qo‘rqishadi.

Ular raqobatchilardan himoyaga muhtoj emasliklarini, balki ularga qarshi kurashishda yordam berishlarini aytishadi, chunki nemis avtomobillari hali ham dunyoda eng yaxshisidir, ularni qayta qurish uchun ko‘proq vaqt va mablag‘ kerak xolos. Tariflar esa ularni foydadan mahrum qiladi.

Tomonlar munosabati

“Tariflar global miqyosda faoliyat yuritayotgan nemis kompaniyalari uchun zararli va hech kimga foyda keltirmaydigan savdo mojarosini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun Germaniya hukumati aniq pozitsiyani egallashi kerak”, – dedi BMW bosh direktori Oliver Zipse.

Uni savdo urushining asosiy raqibi, Mercedes-Benz kompaniyasi rahbari Ola Kallenius qo‘llab-quvvatladi. U kansler Olaf Sholsga tarif masalasi oldindan ko‘rib chiqilgan iyul oyida bo‘lgani kabi betaraf emas, balki “yo‘q” deb ovoz berishni taklif qildi.

Germaniya kansleri Shols tariflar kiritilgandan keyin ham xitoyliklar bilan muzokaralarni davom ettirishni taklif qilmoqda.

Fransiya va Italiya qo‘llab-quvvatlash pozitsiyasida

Yevropa Ittifoqining boshqa ikki yirik iqtisodlari va avtomobil kuchlari, Fransiya va Italiya Xitoy elektr transport vositalariga cheklovlarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron shu hafta Berlinda Shols bilan uchrashdi. Undan avtomobillar haqida so‘ralganda, u tariflarni qo‘llab-quvvatlashini aytdi, chunki Yevropa Ittifoqi “barcha sanoat tarmoqlarida teng sharoitlarni himoya qilishi kerak”.

Italiya cheklovlarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi, ammo Ispaniyaga dastlab ushbu takliflar yoqdi yoqdi, ammo keyin Bosh vazir Pedro Sanches Xitoyga bordi va shundan so‘ng Yvropa Ittifoqi o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini aytdi.

Sanches Xitoy avtomobil giganti Chery Barselonadagi Nissan yopilgan zavodida elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, ish o‘rinlarini qaytarishiga umid qilmoqda.

Xitoyliklar sarmoya kiritishga shoshilmayaptilar, chunki ular Yevropa Ittifoqining yangi savdo rejimi ular mo‘ljallayotgan kichik yig‘inlar uchun istisno qilishiga ishonchlari komil emas.

Ba’zi davlatlar Xitoy bilan qarama-qarshilikda yo‘qotishlarga tayyor

“Men savdo urushini xohlamayman, lekin Yevropa boshqalar o‘yin qoidalarini buzsa, o‘z munosabatini bildirmay qo‘ya olmaydi. Birinchi bo‘lib kim boshladi? Menimcha, Yevropa emas, Xitoy. Va biz shunchaki javob berishimiz kerak.” – dedi Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen sentabr oyi oxirida Bloomberg agentligiga bergan intervyusida.

Hozircha Xitoyning Yevropaga elektromobil importidagi asosiy ulushi Xitoyda yig‘ilgan G‘arb ishlab chiqaruvchilari Tesla va BMW avtomobillariga to‘g‘ri keladi. Biroq, Yevropa Komissiyasining prognozlariga ko‘ra, BYD tomonidan ishlab chiqarilgan Atto 3 yoki Geely tomonidan ishlab chiqarilgan Volvo kabi sof xitoylik modellarning ulushi kelgusi yilda ikki baravar oshib, 15 foizga yetadi.

Bunga Xitoyning munosabati qanday?

Xitoy Yevropa Ittifoqining adolatsiz raqobat haqidagi ayblovlarini qat’iyan rad etdi, biroq hozircha bunga javoban o‘z pozitsiyasini shakllantirmagan. Bir tomondan, u Yevropa tovarlari bo‘yicha tekshiruvlar boshladi.

Boshqa tomondan, Pekin Yevropa mamlakatlariga avtomobillar va akkumulyatorlar ishlab chiqarishga sarmoya kiritishni va’da qilmoqda, bu Vengriyani va yuqorida aytib o‘tilganidek, Ispaniyani o‘z tomoniga jalb qildi.

Bojlar Xitoy ishlab chiqaruvchilari uchun to‘siq emas

Xitoy ekspertlarining ta’kidlashicha, hatto bojlarning 17-20 foizga oshishi ham daromadlarni qizil rangga tortmaydi, chunki Yevropada Xitoy avtomobillarining narxi Yevropadagi raqobatchilarnikidan o‘rtacha 20 foiz past. Chakana narxga qo‘shimcha 5-10 foiz ularning iste’molchilar uchun jozibadorligini va ishlab chiqaruvchilar uchun rentabelligini hech qanday tarzda buzmaydi.

Shunday qilib, Xitoyning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi BYD Atto 3 krossoverini ichki bozorda 20 ming dollarga, Germaniyada esa 40 ming dollarga sotadi.

Mart oyida kompaniya Seagull EV (Honor Edition) sedanini taqdim etdi, uning narxi atigi 10 ming dollar turadi. Tez orada Xitoy ushbu avtomobilni Yevropa bozoriga 20 ming yevrodan kamroq narxda olib kirmoqchi.

Теги :
Jamiyat