$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Joriy yilda 5,7 million nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga chiqqan

chet

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida qariyb 5,7 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,35 mln nafarga yoki 31,3 %ga oshgan.

O‘zbekistonliklar eng ko‘p Qirg‘izistonga borishgan

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Qirg‘iz Respublikasi – 2,7 mln nafar; 

Tojikiston – 1,1 mln nafar; 

Qozog‘iston – 888,6 ming nafar;

Rossiya – 275,1 ming nafar;

Turkiya – 214,2 ming nafar;

Saudiya Arabistoni – 166,4 ming nafar;

BAA – 114,7 ming nafar;

Misr – 41,3 ming nafar;

Quvayt – 34,3 ming nafar;

Koreya Respublikasi – 22 ming nafar;

Boshqa davlatlar – 160,8 ming nafar.

o‘qish maqsadida — 14,7 ming kishi.

O‘tgan yilgi statistika qanaqa edi?

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida 3,4 mln nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan edi. 

O‘zbekistonliklar yanvar-sentyabr oylarida eng ko‘p safar qilgan davlatlar:

Qirg‘iz R. – 1,4 mln nafar

Tojikiston – 821 ming nafar

Qozog‘iston – 565,2 ming nafar

Rossiya – 167 ming nafar

Turkiya – 147,3 ming nafar

BAA – 90,7 ming nafar

Saudiya Arabistoni – 48,4 ming nafar

Quvayt – 30,6 ming nafar

Misr – 20,2 ming nafar

Ozarbayjan – 14,5 ming nafar

Janubiy Koreya – 12,9 ming nafar

 AQSH – 10,3 ming nafar

Hindiston – 7,4 ming nafar edi.