Naqd yoki karta: O'zbekistonliklar ko'proq qaysi to'lov usulidan foydalanyapti?
📊 Markaziy bank tomonidan iyun oyida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining yarmidan ko‘pi to‘lovlarni naqd pul va bank kartalari orqali amalga oshiradi. Ushbu so‘rovnomada jami 14 259 nafar respondent ishtirok etgan.
3 daqiqa o‘qiladi

📊 Markaziy bank tomonidan iyun oyida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining yarmidan ko‘pi to‘lovlarni naqd pul va bank kartalari orqali amalga oshiradi. Ushbu so‘rovnomada jami 14 259 nafar respondent ishtirok etgan.
📈 To‘lov usullari:
– Aholining 52 foizi to‘lovlarni naqd pul va bank kartalari orqali birgalikda amalga oshiradi.
– Faqatgina kartadan foydalanadiganlar ulushi 33 foizni tashkil qiladi.
– Naqd pulni afzal biluvchilar esa 15 foiz atrofida.
🌍 Viloyatlar bo‘yicha farqlar:
– Andijon, Jizzax, Navoiy va Namangan viloyatlarida naqd puldan foydalanish ko‘rsatkichi yuqori darajada saqlanmoqda.
💵 Naqd xaridlar hajmi:
– Respondentlarning 47% odatda 100 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha bo‘lgan xaridlarni naqd shaklda amalga oshiradi.
– Qolganlari esa 100 ming so‘mgacha (35%) yoki undan yuqori miqdorlarda (18%) naqd xaridlarni amalga oshirganini bildirgan.
💵 Naqd pul asosan qayerda ishlatiladi:
📊 Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, 56 foiz respondentlar dehqon bozorlarda naqd puldan foydalanishga majbur bo‘layotganini bildirgan. Boshqa sabablar quyidagicha:
– 13% odamlar naqd pulga tovarlar arzonroq ekanini tan oladi;
– 7% hollarda to‘lov uchun aynan naqd pul talab qilinadi;
– Yana 7% esa terminal yo‘qligi yoki ishlamasligidan shikoyat qiladi.
🏙 Toshkentdagi salbiy holatlar:
– Toshkent shahri bu borada salbiy rekorda ega — bu yerda terminal ishlamasligi holatlari eng ko‘p kuzatilgan.
💰 Banknotlarga ehtiyoj:
– Eng ko‘p foydalanadigan va ehtiyoj sezilgan banknotlar:
- 50 ming so‘mlik (25%)
- 100 ming so‘mlik (22%)
- 10 ming so‘mlik (16%)
- 20 ming so‘mlik (14%)
🌍 Mayda pullarga ehtiyoj:
– So‘rovnoma qatnashchilarining 28% kichik nominaldagi pullarga (tangalar, 2000 so‘mlik va 5000 so‘mlik) ehtiyoj yuqori, 41% ehtiyoj past, 31% esa umuman ehtiyoj sezmaydi.
💳 Omonat va jamg‘armalarda mobil ilovalar oldinda
– 23% aholi jamg‘armalarni naqd pul shaklida saqlaydi;
– 23% bank kartasida;
– 20% bank omonatlarida;
– 35% esa mobil ilovalar orqali omonat shakllantiradi.
📲 Mobil bankingning o‘sishi:
– Aholining 88 foizi kommunal to‘lovlarni mobil ilovalar orqali amalga oshiradi.
💳 Naqd pul va kartalar:
– 42% fuqarolar oyiga 1–2 marta bank kartasidan naqd pul yechadi.
– Bankomatlar borasida 62% foydalanuvchi e’tiroz bildirmagan, ammo 20% foydalanuvchi pul tez tugab qolishi, apparat ishlamay qolishi yoki kerakli nominal yo‘qligidan shikoyat qilgan.
💼 Ish haqi to‘lovlari:
– 87% aholi ish haqini faqat bank kartasi orqali oladi;
– 7% aralash shaklda;
– 6% esa faqat naqd pulda olishadi.
📉 Naqd puldan foydalanish saqlanayotgan bo‘lsa-da, raqamli to‘lovlar ustunlik qilmoqda.



