$
 12653.48
-109.05
 14871.64
-106.47
 159.75
-2.91
weather
+26
Кечаси   +14°

Tendensiyalar o‘zgarmoqda: Ota-onalar tobora ko‘proq qiz farzand ko‘rishni xohlashyapti

qiz

Bir paytlar dunyo bo‘ylab ota-onalar asosan o‘g‘il farzandni afzal ko‘rishardi. Bu, ayniqsa, Xitoy va Hindistonda kuchli ko‘ringan — 1980- yildan beri taxminan 50 million qizaloq tug‘ilmagan. Ammo bu ko‘rsatkich 2025-yilda 200 mingga tushdi. Demak, 2001-yildan beri 7 millionga yaqin qizaloq “asralgan”.

Janubiy Koreyada ham 1990-yilda 100 ta qizga 116 o‘g‘il to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugun deyarli tabiiy muvozanat qaytdi. Xitoyda bu nisbat 117 dan 111 ga, Hindistonda 109 dan 107 ga tushdi. Afrika va Bangladeshda ham qiz-o‘g‘ilga bo‘lgan qiziqish mutanosiblashmoqda.

Yaponiyada bola istagan juftliklarning 75 foizi qiz tug‘ilishini istaydi. Skandinaviya, Chexiya, Niderlandiya, Portugaliyada ham shunga o‘xshash holat kuzatilmoqda. Amerikada farzand ko‘rish istagidagi ota-onalarning 80 foizi qiz tanlamoqda.

Bu juda g‘alati hodisa, chunki tarixan o‘g‘illar doim umid va tayanch hisoblangan, naslni davom ettirish uchun mas’ul bo‘lgan, jamiyatda oilaning vakili sifatida qaralgan. 21-asrda o‘zgarishlar sodir bo‘ldi: ko‘pchiligimiz shaxsiy tajribamizdan “ona qo‘ynidagi o‘g‘il” tushunchasini bilamiz va hatto katta yoshdagi erkaklarning onalari bilan haddan tashqari yaqin munosabati haqidagi hazillar axborot makonini to‘ldirib yubordi.

Nega qizlarni afzal koʻrishmoqda?

Qizlarga bo‘lgan keskin “talab”ning aniq sabablari hali to‘liq aniqlanmagan, biroq statistik ma’lumotlar bu shunchaki gap emasligini ko‘rsatmoqda. The Economist jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, kelajakdagi ota-onalar farzandining jinsini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan sun’iy urug‘lantirish klinikalarida sezilarli ustunlik aynan qizlar foydasiga bo‘lmoqda. Farzandlikka olish jarayonida ham xuddi shunday holat kuzatilmoqda.

Bu tendensiya 2009-yilda Klark universiteti ijtimoiy so‘rov o‘tkazganida paydo bo‘lgan. Ishtirokchilar qizlarni afzal ko‘rishgan, buning bir nechta sabablari bor edi:

  • qizlarni tarbiyalash osonroq;
  • qizlar shaxs sifatida qiziqarliroq;
  • qizlar aqlliroq: ular shubhali voqealarga aralashmaydi, ta’lim olishga ko‘proq qiziqadi;
  • qizlar ruhiy jihatdan barqarorroq;
  • qizlar ota-ona uyini ertaroq tark etadi va o‘zlarini mustaqil ta’minlashni ancha barvaqt boshlaydi;
  • qizlarning keksaygan ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish ehtimoli yuqoriroq.

Zamonaviy hayotda ota-onalarda o‘g‘il farzand tarbiyasi esa tobora ko‘proq tashvish va qo‘rquvlar uyg‘otmoqda. Muayyan paytda onalar rioya qilishlari lozim bo‘lgan chegarani sezmaslik holatiga tushib qoldi. Haddan ziyod mehribon bo‘lish mustaqil bo‘lmagan va infantil erkakning shakllanishiga olib kelishi mumkin, aksincha, avtoritar va sovuqqon munosabatda bo‘lish esa zo‘ravon yoki zolimni tarbiyalashga sabab bo‘lishi mumkin. Ota-onalar o‘g‘illarini tarbiyalashda mas’uliyatlarini chuqur his etadi, biroq xato qilib qo‘yishdan va dunyoga zo‘ravon yoki tazyiq o‘tkazuvchi shaxsni “taqdim etishdan” cho‘chiydi.

Kelajakda nima kutilmoqda?

AQSHda bugun IVF (In Vitro Fertilisation – sun’iy urug‘lantirish) orqali tug‘ilgan bolalarning 25 foizini tashkil etmoqda va bu soha rivojlanmoqda. Agar qizlarga bo‘lgan afzal ko‘rish davom etsa, kelajakda bu holat tug‘ilish statistikasiga ham ta’sir qilishi mumkin. Har qanday holatda ham, bu tendensiya jamiyatdagi chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarni ifoda etishi mumkin.

Теги :
Jamiyat