$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Tokenlashayotgan dunyo: Yaqin kelajakda odamlar qimmatbaho buyum o‘rniga token sotib oladi

Tokenlar

Dubay Ko‘plab Tovarlar Markazi (DMCC) rahbari Ahmad bin Sulayem Bitcoin’ga raqobatchi sifatida raqamli oltinlar ya’ni oltin tokenlari rivojlantirilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra oltin bozori Bitcoin bilan bog‘lanishi narx masalasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tokenlashgan oltin Bitcoin darajasida samara berishiga ishonilmoqda. Xo‘sh, nega dunyo tokenlashib bormoqda? Token o‘zi nima va u nega kerak?

Token – bu raqamli obyekt

Token – bu boshqa narsani ifodalovchi, ramziy yoki biror narsani almashtiruvchi obyekt. Kontekstga qarab, bu “narsa” raqamli valyuta, kirish huquqi yoki boshqa turdagi qadrli narsa bo‘lishi mumkin. Masalan, haqiqiy hayotda o‘yin maydonchasidagi tanga yoki metroga kirish uchun foydalaniladigan tanga – bu fizik tokenlarning misolidir. Ular ma’lum bir harakat yoki xizmatni ifodalaydi.

Raqamli dunyoda esa token ko‘pincha qiymatni, egalik huquqini yoki kirish imkoniyatini belgilovchi raqamli obyekt sifatida ishlatiladi.

Tokenlar qanday paydo bo‘ldi?

Umuman olganda token tushunchasi turli xil sohalarda ishlatiladi. Lekin bugungi kundagi asosiy token kriptobozordagi moddiy qiymatni nazarda tutmoqda.

Hammasiga 2009-yil Bitcoin paydo bo‘lishi start bergan. Kriptovalyuta davrida “token” atamasi raqamli aktiv ma’nosida ishlatila boshlandi. Bitcoin birinchi bo‘lib “coin” (tanga) tushunchasini kiritgan bo‘lsa, 2015-yilda Ethereum platformasi token yaratish uchun dasturiy imkoniyat — smart contract texnologiyasini taqdim etdi. Shu orqali tokenlar ma’lum bir loyihaga tegishli qiymat yoki huquqni ifodalovchi, blockchain asosida yaratiladigan raqamli birlik sifatida shakllandi.

Token turlari

Tokenlarning turlari orasida ERC‑20 tokenlar (masalan, USDT, LINK, UNI) — oddiy kripto tokenlar hisoblanadi, ERC‑721 tokenlar esa noyob raqamli aktivlar, ya’ni NFTlar sifatida tanilgan. Ushbu tokenlar moliyaviy tizimlarni markazsizlashtirish, ya’ni DeFi (Decentralized Finance) yo‘nalishida muhim o‘rin tutadi.

Dunyoda nechta token bor?

Kriptovalyuta bozori haqida mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha yaratilgan token (raqamli aktiv)larning soni aniq hisoblab chiqilmagan. Sababi oddiy, tokenlar shunchaki ham yaratilaveradi. Uni faol bo‘lish bo‘lmasligi bu boshqa masala. Lekin ba’zi manbalarga ko‘ra, 2025‑yilda 35‑40 milliondan ortiq noyob kripto aktivlar mavjud. Ammo, faqat faol va muhim loyihalar sifatida qabul qilingan tokenlar soni oddiygina o‘n minglab atrofida. Asosiy aktivlar – bu birja tokenlari.

Birja tokenlari

Ushbu tokenlar ko‘pincha birjaning o‘zi tomonidan chiqariladi va egalariga turli xil imtiyozlar beradi.

Eng keng tarqalgan imtiyozlardan biri bu egalariga chegirmali savdo to‘lovlarini taklif qilishdir, bu esa yuqori hajmli treyderlar uchun muhim rag‘bat bo‘lishi mumkin. Birja, shuningdek, foydalanuvchilarga platforma ishlanmalarida so‘z berish, yangi tokenlarni ro‘yxatga olish yoki boshqa muhim qarorlar qabul qilish orqali ularga imkoniyatlar beradi.

Tokenlar nega muhim?

Tokenlar raqamli texnologiyalar va moliya sohasida yangi imkoniyatlarni ochdi. Ular nega muhimligini tushuntirib beradigan bir necha sabablar:

- Operatsiyalarni soddalashtirish: Tokenlar odamlar yoki tashkilotlar o‘rtasida raqamli mulk, huquqlar va qiymatlarni oson uzatishga yordam beradi. Bu xalqaro tranzaksiyalar uchun ayniqsa foydali, chunki an’anaviy operatsiyalar ko‘p vaqt oladi.

- Xavfsizlik: Raqamli dunyoda tokenlar kriptografiya yordamida himoyalangan bo‘lib, ularni foydalanish uchun juda xavfsiz qiladi. Masalan, foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlari tokenlar yordamida yashirilishi mumkin, bu esa ma’lumot o‘g‘irlanishi xavfini kamaytiradi.

- Biznes uchun yangi imkoniyatlar: Tokenlar yordamida kompaniyalar o‘z kriptovalyutalari yoki raqamli aktivlarini yaratib, foydalanuvchilari yoki investorlariga sotish orqali mablag‘ jalb qilishlari mumkin.

Tokenlashgan oltin

Mavzu boshidagi yangilikka qaytsak. DMCC rahbari bin Sulayem oltin konchilari, sotuvchilari va moliyachilarining katta qismini birlashtirgan Oltin Kengashi yaqinda 24–25-noyabr kunlari Dubayda bo‘lib o‘tadigan konferensiyada aynan oltin tokenlari masalani muhokama qiladi.

Olmosdan tortib ichimlik suvigacha…

Shuningdek, DMCC rahbari sun’iy yoki laboratoriyada yetishtirilgan olmoslar ham tokenlashtirilishi mumkinligini bildirdi. Biroq bu turdagi raqamli olmoslar uchun maxsus fatvo va halollik sertifikati talab qilinishi mumkin.

Shu bilan birga, Bin Sulayem kelajakda toza ichimlik suvi ham tovar bozorida muhim aktivga aylanishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Unga ko‘ra, DMCC bunga oid Aqua Index bilan hamkorlikda suvni tovar sifatida baholash ishlarini boshlagan. 

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot