$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda ham bemorlarga sun’iy intellekt yordamida tashxis qo‘yish boshlandi

sun

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida innovatsion yondashuvlar tobora kengayib, xalqaro standartlarga mos faoliyat olib borilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika ixtisoslashgan dermatovenerologiya va kosmetologiya markazida sun’iy intellekt asosida bemorlarning teri kasalliklarini tashxislash va davolash usullari muvaffaqiyatli joriy etilgan.

Sun’iy intellektning yangi imkoniyatlari

Markaz direktori Ulug‘bek Sabirovning ta’kidlashicha, hozirda markazda tashxis usullari 373 taga, davolash texnologiyalari esa 872 taga yetgan. Sun’iy intellekt yordamida FotoFinder texnologiyasi orqali keng ko‘lamli dermatoskopiya usuli joriy etilib, teri kasalliklarini aniqlash va ularni monitoring qilish ancha samarali bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, yuqori chastotali ultratovush tekshiruvi surunkali teri kasalliklarini tashxislashda keng qo‘llanila boshlandi. Teri ostidagi nuqsonlarni bartaraf qilishda CLATUU kriosistemasi va biostimulyator-implantlar amaliyoti muvaffaqiyat bilan tatbiq etildi.

Yangi texnologiyalar

Markazda nanoqon va stroma-vascular fraction (SVF) texnologiyalari hamda mezinximal o‘zak hujayralar yordamida teri va teri osti yog‘ to‘qimalari nuqsonlarini bartaraf etish amaliyotlari birinchi marta joriy etildi. Shuningdek, pufakli dermatit kasalligini deyarli butunlay davolashga imkon beruvchi monoklonal antitanachalar va immunoglobulinlar asosida davolash texnologiyasi ilk bor joriy qilindi.

Shifokorlarning aytishicha, o‘tgan yilda 406 nafar bemorning terisidagi o‘zgarishlar sun’iy intellekt yordamida tashxislangan, 343 nafar bemorda yuqori chastotali ultratovush orqali baholash o‘tkazilgan. Shu bilan birga, kriosistemalar yordamida 117 nafar bemorda yog‘ to‘qimalarini noinvaziv usulda bartaraf etish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Hamkorlik

Markazda AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlardan yetakchi mutaxassislar bilan hamkorlikda noyob amaliyotlar o‘tkazilmoqda. Ayni damda yuqori texnologik usullarni yanada ko‘paytirish va viloyatlar darajasida keng tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Xususan, har bir viloyatdan ikkita tuman tanlanib, ularni namunaviy hududga aylantirish ishlari boshlangan.

Теги :
Jamiyat
Salomatlik