$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyodagi har bir inson kuniga o‘rtacha 205 marta telefonga qaraydi

telefon

Bugungi kunda texnologiyalar hayotimizda juda muhim o‘rin egallaganligi bor gap. Hozirgi kunda telefonlar nafaqat aloqa vositasi, balki ish, dam olish, o‘qish va hayotning deyarli barcha sohalari uchun asosiy vositaga aylandi. Lekin biz ulardan foydalanishni nazorat qilyapmizmi yoki aksinchami?

80 foiz inson uyg‘onganidan boshlab 10 daqiqa ichida telefonga qaraydi

Tadqiqotlarga qaraganda, ko‘ra, o‘rtacha inson kuniga 205 marta telefonga qaraydi. Bu taxminan har 5 daqiqada bir marta degani. Holbuki, insonlarning faqat 43 foizi o‘zini telefonga bog‘liq deb hisoblaydi. Real holat esa ancha boshqacha: aksariyat odamlar telefonsiz kun kechira olmaydi. Bunga sabab nima? Biz haqiqatdan ham unga muhtojmizmi yoki bu oddiygina odatga aylanib qolganmi?

Tongdagi harakatlarimiz ham bunga yaqqol misol. Ko‘pchilik, ya’ni 80 foiz odam uyg‘ongandan keyingi dastlabki 10 daqiqa ichida telefonga murojaat qiladi. Bu bir kunlik rejani ko‘rib chiqishmi yoki ijtimoiy tarmoqlarda daydishmi — nimaligini hammamiz bilamiz. Bunday tezkorlik doim ham foydalimi? Unga berilib ketish aqliy salohiyatimizga ta’sir qilmaydimi?

Telefon zaryadi 20 foizdan pastga tushishi insonlarda kuchli vahima uyg‘otadi

Ma’lumotlarga qaraganda, ko‘pchilik insonlar xabarlarga juda tez javob qaytaradi. Masalan, 76 foiz odam bildirishnoma kelishi bilan 5 daqiqa ichida uni ochadi. Bu esa faoliyatimiz qanchalik to‘liq boshqarilayotganini ko‘rsatadi. Ba’zilar telefon zaryadi 20 foizdan pastga tushishi bilan haqiqiy vahimaga tushadi. Bu texnologiyaga bo‘lgan bog‘liqlikni yana bir karra tasdiqlaydi.

89 foiz odamlar kino ko‘rayotgan paytda ham telefonni tekshirishga harakat qiladi. Bu esa nafaqat o‘zimiz, balki atrofdagi insonlarga ham noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Bunday muammoni qanday hal qilish mumkin?

Har birimizda savol paydo bo‘lishi mumkin: biz texnologiyalarni boshqaryapmizmi yoki ular bizni? Bu borada texnologiya bilan munosabatlarni tartibga solishning vaqti keldi.