$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Yo "Yandex" shunchalik kuchli, yo Antimonopoliya organimiz shunchalik kuchsiz — Ekspert

taxi

Soliq qo‘mitasi yo‘lovchi tashish xizmatlari sohasini legallashtirish ishlari haqida ma’lumot berdi. O‘zbek taksistlari qancha pul topishmoqda? Soliq qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, taksi agregatorlari oxirgi 3 oyda budjetga 9,7 mlrd. so‘m soliq to‘lagani hamda yo‘lovchi xizmatlari bozorini oqartirish davom etayotgani ma’lum bo‘ldi.

Yangi tizim samarasi

Unda aytilishicha, taksi xizmatlari sohasini legallashtirish, rasmiy ish bilan band bo‘lmagan shaxslar faoliyatlarini qonuniylashtirgan holda daromadlarini va bu bozordagi aylanmalar hisobini yuritish bo‘yicha boshlangan ishlar yil so‘nggiga borib o‘zining ilk samarasini bergan. O‘zbekistondagi eng ommalashgan “Yandex Go” xizmati 2023-yil dekabrdan faoliyatini mahalliylashtirib, soliq rezidentiga aylangani esingizda bo‘lsa kerak? Bugungi kunda bozorning eng katta ishtirokchilari Soliq qo‘mitasi axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Natijada ushbu agregatorlar orqali amalga oshirilgan taksi xizmatlari uchun fiskal chek shakllantirish imkoniyati yaratilgan.

O‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar  

Tahlilda qayd etilishicha, yo‘lovchi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni rasmiy daromad manbayi shakllanib, iqtisodiy harakatlarda daromad to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobga olina boshlangan (mehnat staji, ipoteka, iste’mol kreditlari, tovarlarni bo‘lib to‘lash...). Shuningdek, 2023-yil dekabr oyida onlayn-taksi agregatorlari orqali 4,4 mln. tashuvlar amalga oshirilib, yo‘lovchi tashish faoliyati 80,1 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan amalga oshirilgan. Joriy yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 mln.ga yetgan. Tashish xizmatlari 113,5 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan ko‘rsatilgan. Fevral oyida bu raqamlar yanada o‘sgan va 2024-yil 1-mart holatiga o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar tomonidan jami ko‘rsatilgan xizmatlar soni 18,3 mln.dan oshgan. Shundan 8,9 mln.tasi fevral oyiga to‘g‘ri keladi. Eng yuqori aylanmaga ega shaxslar soni 8 446 ta bo‘lib, bitta haydovchiga o‘rtacha 8,5 mln. so‘mdan to‘g‘ri kelgan. 

Tizim kamchiliklari

Naqd va naqdsiz hisob-kitoblarda to‘lovlarni fiskallashtirish bo‘yicha hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida dekabr-fevral oylarida 9,7 mlrd so‘m budjetga soliqlar to‘langan. Bundan tashqari, bu yo‘nalishda yechimini kutayotgan va oxiriga yetkazilishi kerak bo‘lgan yana bir qator masalalar turgani ta’kidlangan. Xususan:

- poytaxtda va hududlarda faoliyat yuritayotgan barcha mahalliy va xorijiy onlayn-agregatorlar tizimlarni integratsiya qilish;

- qisqa raqamlar orqali yo‘lovchi tashish bilan rasman ro‘yxatdan o‘tib yoki o‘tmasdan, qonunchilik talablarga to‘liq javob bermaydigan yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatlarini qonuniylashtirish;

- lozim holatlarda ulardan takliflar olinib, faoliyatlarini qonuniylashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar loyihasi tayyorlash.

Ekspert munosabati

Mavzu yuzasidan iqtisodchi bloger Otabek Bakirov o‘z munosabatini bildirib o‘tgan. Unga ko‘ra, bozorning ko‘lamiga nisbatan bu raqamlar juda kam. Shuningdek, soliqchilar to‘langan 9,7 mlrd. so‘mning tarkibini ochiqlashmagan. Katta ehtimol, bu faqat QQS, xolos. Uning aytishicha, hatto, shu QQSni ham ayrim bozorni o‘ziniki deb hisoblovchi monopolist agregator hamkorlar va mijozlar zimmasiga yuklab yuborgan. Boshqacha aytganda monopolist agregatorning marjasi oshgan bo‘lsa oshdiki, kamaygani yo‘q. Antimonopoliya ustun mavqega ega deb topgani bilan "Yandex Go" tariflari mezonlari va algoritmlarini o‘z nazoratiga ololmagan. Fevraldagi energetik inqiroz vaqtida oshgan narxlar oshganicha qolgan. "Yo "Yandex" shunchalik kuchli, yo Antimonopoliya organimiz shunchalik kuchsiz?! "Yandex Go" viloyat markazlarida faqat naqd pulga xizmat ko‘rsatayotganiga ham ko‘z yumishda davom etilmoqda. To‘langan soliqlar faqat QQS bo‘lishi kerak, deb bekorga gumon qilmadik. ayrim agregatorlar lazeykalardan foydalanayotganlari ham sir emas. To‘langan soliq summasida foyda solig‘i yoki dividend solig‘i bormi? O‘zi taksi agregatorni IT kompaniya deb hisoblasa bo‘ladimi? Yana bir gap. Ko‘pchilik e’tibor bermayotgan bo‘lishi ham mumkin, agregatorlarning fiskal cheklari "keshbek berilmaydi" toifasiga o‘tkazib qo‘yilgan", deya ta’kidlagan iqtisodchi.