$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

TATU'dan Sun'iy Intellektni o‘rgangani Fransiyaga bo‘lgan yo‘l

r1

2021-yilning boshida, dunyo pandemiyaning murakkab oqibatlari bilan kurashar ekan, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) talabasi Anvar Zokhidov hayotida yangi burilish yasadi. Telekommunikatsiya texnologiyalari, Mobil tizimlar yo‘nalishida tahsil olayotgan Anvar, o‘zini yanada kengroq ilmiy maydonda sinash va zamonaviy texnologiyalar olamida chuqurroq izlanish uchun chet elda o‘qish qaroriga keldi.

TATUdagi o‘qish yillarida Anvar o‘zining faolligi va ilmiy izlanishga bo‘lgan yuqori qiziqishi bilan ajralib turardi. U nafaqat darslarda yuqori natijalarga erishgan, balki universitet ichki va mintaqaviy miqyosdagi tanlovlarda ham guruhdoshlar bilan birgalikda innovatsion loyihalarni taqdim etgan edi. Professor-o‘qituvchilar bilan faol ilmiy hamkorlik olib borgan Anvar, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida ixtirolar yaratish bilan shug‘ullangan.

Ammo 2020-yil pandemiyasi, Anvar uchun chinakam strategik burilish bo‘ldi. Dunyo ilm-fan va texnologiyaga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirgan bir vaqtda, u o‘z oldiga yangi marralarni belgiladi. Chet eldagi nufuzli universitetlarda tahsil olish uchun imkoniyatlarni o‘rganishga kirishdi.

Izlanishlar davomida Anvar Fransiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan nufuzli BGF (Bourse du Gouvernement Français — Fransiya hukumati granti) dasturiga e’tibor qaratdi. 2021-yilning yanvar oyida u BGF – FSPI Health granti uchun ariza topshirdi — bu grant, o‘zining qattiq tanlov darajasi va maxsus yo‘nalishiga ega bo‘lganligi bilan ajralib turardi.

Anvar grant uchun berilgan murakkab bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Birinchi bosqichda u bakalavriat diplomini, akademik va ijtimoiy sertifikatlarini, ingliz tili bilimini isbotlovchi IELTS va TOEFL sertifikatlarini va kuchli tavsiyanomalarni taqdim etdi. Eng muhim qism esa — uning shaxsiy motivatsion xati bo‘lib, unda Anvar o‘z orzulari, kelajakdagi rejalari va sun'iy intellekt sohasidagi maqsadlarini chuqur va ishonchli tarzda bayon qildi.

Keyingi bosqichda esa Anvar yuzma-yuz intervyudan o‘tdi. Aynan shu intervyu, uning bilim darajasi, global fikrlash qobiliyati va o‘z sohasi uchun qanchalik fidoyi ekanini isbotlash imkonini berdi. Nihoyat, Anvar tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tib, Université Côte d’Azur (Fransiya) universitetining Modeling of Neuronal and Cognitive Systems (Neyron va kognitiv tizimlarni modellashtirish) magistratura dasturiga qabul qilindi.

Albatta, Anvar yutgan grant — oddiy grantlardan emasdi.

BGF dasturi doirasida 2021-yilda butun O‘zbekistondan atigi 5 nafar talaba g‘olib bo‘ldi. Ammo Anvar ularning orasida alohida ajralib turdi: u ikki yil davomida to‘liq moliyalashtiriladigan grantni qo‘lga kiritdi. BFG - FSPI Health granti esa o‘sha yilda faqat bitta o‘zbekistonlik talaba — aynan Anvarga taqdim etilgan edi. Tanlov darajasi nihoyatda saralo’vchi bo‘lib, g‘oliblik uchun o‘ta kuchli akademik tayyorgarlik, innovatsion fikrlash va global yetakchilik salohiyati talab etilgan.

Université Côte d’Azurda olib borilayotgan dastur, sun'iy intellekt va biotibbiyot muhandisligi (biomedical engineering) sohalarining kesishgan nuqtasida qurilgan bo‘lib, ingliz tilida olib boriladi.

Hozirgi kunda, Anvar bu universitetda, inson miyasi va sun'iy intellekt tizimlarning qanday o‘zaro aloqadorligini chuqur o‘rganmoqda. Ayniqsa, u kelajakda sun'iy intellektni odamlarning kundalik hayotini yengillashtirish va sog‘liqni saqlash tizimlarini yaxshilash uchun qo‘llash ustida ishlashni maqsad qilgan.

Anvar Zokhidovning hikoyasi bizga shuni eslatadiki: qat’iyat, intilish va o‘z ustida uzluksiz ishlash orqali eng murakkab zamonlarda ham orzularni ro‘yobga chiqarish mumkin. Uning yo‘li nafaqat o‘zbek yoshlari uchun, balki butun dunyodagi yoshlar uchun ham ilhom manbaidir.

 

© Abdulloh Tursunov suhbatlashdi

Теги :
Jamiyat