Prezidentning Qozog‘istonga tashrifi nimalarni o‘zgartiradi?
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi rezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev taklifiga binoan 7-9-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
2 daqiqa o‘qiladi

Tahrif doirasida O‘zbekiston iqtisodiyotiga va savdo aloqalari uchun muhim bo‘lgan tadbirlar rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston aloqalari
Tashrif dasturida ikki mamlakat rahbarlarining muzokaralari va Prezidentlar raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bunda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi.
Asosiy e‘tibor qaratish tuqtalari
Asosiy e’tibor savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga qaratiladi.
Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plamini qabul qilish kutilmoqda.
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti
O‘zbekiston prezidenti 9-avgust kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ham ishtirok etadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu tashabbus Yaponiyaning Xitoy va Rossiya an’anaviy tarzda mustahkam o‘rin egallagan mintaqa bilan aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Tokio yangi eksport yo‘nalishi Markaziy Osiyo mamlakatlariga yanada kengroq iqtisodiy mustaqillik berishiga umid qilmoqda.
Bu haqida avvalroq ham xabar bergan edik.
Qo‘shimcha tadbirlar
Ta’kidlash joizki, davlat tashrifi doirasida Qozog‘iston poytaxtida ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykalining ochilishi ko‘zda tutilgan.



