$
 12653.48
-109.05
 14871.64
-106.47
 159.75
-2.91
weather
+26
Кечаси   +14°

Yaponiya Markaziy Osiyo bilan yangi savdo yo‘lini qurishni rejalashtirmoqda

positive

O‘z o‘rnida bu muqobil bozor davlatlarimizning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaydi.

Iqtisodiy yordam paketi

Yaqinda AQSH Markaziy Osiyo davlatlari uchun 200 mlrd dollar ajratayotganini e’lon qilgan edi. (https://uz24.uz/uz/articles/sarmoya-7-24) Endi esa Yaponiya ham xuddi shunday bu mintaqa uchun katta iqtisodiy yordam paketini ajratishga hozirlanmoqda.

Bosh vazir Fumio Kisidaning Markaziy Osiyo davlatlari uchun iqtisodiy yordam paketining e’lon qilishi bu Yaponiyaning Kaspiy dengizi orqali mintaqani Yevropa bilan bog‘laydigan yangi savdo yo‘lini yaratishi bilan bog‘liq ekanligi aytilmoqda.

Vazir tashrifi

"Japan Times" gazetasining xabar berishicha, bosh vazir Fumio Kisida 9-12-avgust kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga tashrif buyuradi.

 Bunda, ya’ni bosh vazirning 9-avgust kuni Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvida Yevropaga chiquvchi yangi savdo yo‘lini yaratish rejasini taqdim etishi aytilgan.

Iqtisodiy mustaqillik

Ma’lumotlarga qaraganda, bu tashabbus Yaponiyaning Xitoy va Rossiya an’anaviy tarzda mustahkam o‘rin egallagan mintaqa bilan aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Tokio yangi eksport yo‘nalishi Markaziy Osiyo mamlakatlariga yanada kengroq iqtisodiy mustaqillik berishiga umid qilmoqda.

Bu harakatlar bevosita Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiya va Xitoyni chetlab yangi yo‘l bilan yangi dunyo bozoriga chiqishini anglatadi.

Transport infratuzilmasidan tashqari, reja iqtisodiy dekarbonizatsiyani qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, tabiiy gazni qayta ishlashga ko‘maklashish kabi chora-tadbirlar uchun Yaponiya kompaniyalarining texnologiyalari va kreditlaridan foydalanish rejalashtirilgan.

Теги :
Jamiyat