Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +9°

Diyoraning yorqin g‘alabasi bu – ulkan zafarlar haqida orzu qilayotgan ko‘plab qizlar uchun motivatsiya – Saida Mirziyoyeva

Shavkat Mirziyoyev va Saida Mirziyoyeva Diyora Keldiyorovani tarixiy oltin medal bilan tabrikladi.

2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev va Diyora

Kuni kecha dzyudochi Diyora keldiyorova Parij-2024 yozgi olimpiadasi doirasida oltin medal olgan ilk ayol sportchi sifatida tarixga kirganligi haqida xabar bergan edik. G‘alabadan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Diyora bilan telefon orqali muloqot qilib, tabrikladi. Shuningdek, Saida Mirziyoyeva ham Keldiyorovaga o‘zining tabrigini yo‘lladi.

Mirziyoyev Diyoraning ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha bellashuvlarning 52 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, olimpiya terma jamoamizga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi marta chempion bo‘lgan sportchi qizimizni tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Diyora, butun O‘zbekiston siz bilan faxrlanadi!

“Bugun o‘zbekistonliklar va shaxsan mening qalbim cheksiz quvonchga to‘ldi — Parij-2024 Olimpiadasida mamlakatimiz ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi!

Dzyudochi Diyora Keldiyorova — O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan ilk ayol sportchi! Shuningdek, u Olimpiadada dzyudo bo‘yicha ilk oltin medalni olgan sportchimiz sifatida ham tarixga kirdi.

Diyoraning yorqin g‘alabasi bu – faqatgina “oltin medal” emas, balki sport to‘garaklarida tinimsiz shug‘ullanib, ulkan zafarlar haqida orzu qilayotgan ko‘plab qizlar uchun motivatsiya hamdir!

Diyora, butun O‘zbekiston Siz bilan faxrlanadi!”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.