$
 12646.56
-27.81
 14461.34
-8.99
 160.88
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Keldiyorova Parij-2024 da terma jamoamizga ilk oltin medalni tuhfa qildi

keldiyorova

Diyora Keldiyorova finalda kosovolik Tokio Olimpiadasi chempioniga qarshi tatamiga chiqdi, raqibini "yer tishlatib", O’zbekiston tarixida yozgi Olimpiada bahslarida medal olgan ilk ayol sportchi sifatida tarixga kirdi. Hali shu vaqtgacha yurtimizda ayol sportchilardan hech kim bunday muvaffaqiyatga erishmagan edi.

Uning raqibi Distriya Krasnichi Tokio-2020 o’yinlarida -48 kg vazn toifasida oltin medal olgan edi. Ma'lumot uchun, hozirgacha yozgi Olimpiya o’yinlarida Yekaterina Xilko bronza medalini qo’lga kiritgan (Pekin-2008, trampolinda sakrash) va ayollar orasida medal olgan yagona sportchi edi.

Parij-2024 yozgi Olimpiya Diyora Keldiyorova uchun omadli keldi 

Bugunning o'zida Diyora nimchorak finalda yaponiyalik Uta Abeni yengib, chorak finalga (https://uz24.uz/uz/articles/judo-7-27) chiqqan, 1/4 finalda germaniyalik Masha Ballhaus bilan to'qnash kelib, yarim finalda esa Fransiyaning birinchi raqamli sportchisi, Olimpiya o‘yinlarining oltin va kumush medallari sohibi Amandin Busharni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'lgan edi. Aytish joizki, Diyoraning 4 karra Olimpiada chempioni Uta Abe ustidan qozongan g'alabasi va ortidan Abening mag'lubiyatga chidolmay uvvos solib to'kkan ko'z yoshlari tarmoqlarda katta sensatsiyaga sabab bo'lib turibdi. 

O'zbek dzyudosi malikasi

Diyora Baxtiyorovna Keldiyorova - 1998-yil 13-iyul kuni Samarqandda tavallud topgan. XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, Osiyo chempioni, Jahon chempionati va Jahon harbiy o‘yinlari sovrindori. Dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” g‘olibi bo‘lgan birinchi o‘zbek qizi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Keldiyorova 2019 va 2022-yillarda Osiyo chempioni, 2023-yil Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan, 2023 va 2024-yillarda jahon chempionatlarida kumush medal bilan taqdirlangan.

-52 kg vazn toifasidagi sovrindorlar:

1-o‘rin: Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston);

2-o‘rin: Distria Krasnika (Kosovo);

3-o‘rin: Amandin Byushard (Fransiya).