$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Endilikda Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida faoliyat yuritadi

-

2025-yil 24-fevral kuni “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF-27-son) qabul qilindi. Unga ko‘ra, Prezident huzuridagi Statistika agentligi qayta tashkil etilib, Milliy statistika qo‘mitasi sifatida faoliyat olib boradi. Ushbu o‘zgarish mamlakatda statistik ma’lumotlarni aniq, tezkor va ishonchli shakllantirish, iqtisodiy tahlillarni takomillashtirish hamda biznes jarayonlarini soddalashtirishga xizmat qiladi.  

 Statistika tizimi xalqaro talablar asosida takomillashtiriladi 

Yangi tizimning asosiy maqsadi makroiqtisodiy va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirishdir. Bunda zamonaviy metodologiyalar joriy etilib, statistik tahlillar sifatini oshirishga e’tibor qaratiladi.  

Hisobot yukini kamaytirish va biznes uchun qulaylik yaratish 

Farmonga ko‘ra, statistik hisobot berish tartibi soddalashtiriladi. Integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali hisobot shakllari qisqartiriladi va biznes subyektlari uchun hisobot topshirish yukini kamaytirish choralari ko‘riladi. Xususan, mikrofirma va kichik korxonalar (yillik o‘rtacha 5 kishidan kam xodimga ega va yillik tushumi BHMning 2 000 barobarigacha bo‘lganlar) uchun yiliga hisobot topshirish majburiyati bekor qilinadi va endilikda har uch yilda bir marta statistik hisobot taqdim etiladi.  

“Mahalladan – respublikaga” tamoyili asosida yangi ma’lumotlar bazasi yaratiladi 

Statistika tizimi “mahalladan – respublikaga” tamoyili bo‘yicha shakllantiriladi. Bu esa ma’lumotlarning aniqligini oshirish va real holatni aks ettirish imkonini beradi. Shu maqsadda 2025-yil yakuniga qadar “Hududlar statistikasi” axborot tizimi ishga tushiriladi.  

Iqtisodiy tahlillarni takomillashtirishga xizmat qiladigan o‘zgarishlar 

Mazkur o‘zgarishlar natijasida mamlakat miqyosida iqtisodiy jarayonlarning aniq va tezkor tahlili amalga oshiriladi. Yangi tizimning joriy etilishi natijasida biznes va davlat sektorining statistik ma’lumotlardan samarali foydalanishi, iqtisodiy rejalar tuzishda aniq raqamlarga tayangan holda qarorlar qabul qilishi osonlashadi.  

Milliy statistika qo‘mitasi tashkil etilishi natijasida O‘zbekistonda statistika ishlari yangi bosqichga ko‘tarilib, xalqaro standartlarga mos, zamonaviy va ishonchli ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. 

Statistika tizimida sun’iy intellektdan foydalanish kengaytiriladi 

 Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda statistik xizmatlar taqdim etiladi. Xususan, quyidagi interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi: 

“Maslahatchi” – korxona va tashkilotlarga hisobot topshirish bo‘yicha maslahat beradigan sun’iy intellektga asoslangan interaktiv xizmat. 

“Tahlilchi” – foydalanuvchilarga statistik ma’lumotlarni tezkor izlash va tahlil qilish imkonini beruvchi sun’iy intellekt konsultativ tizimi. 

“Call-markaz” – telefon orqali statistik kuzatuvlarni o‘tkazish imkonini beruvchi yangi xizmat. 

Sun’iy intellektdan foydalanish hisobiga statistik ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash jarayonlari tezlashadi, xatoliklar kamayadi va biznes hamda tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratiladi. 

Statistik tahlillar uchun yangi ta’lim bazasi yaratiladi 

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Milliy statistika qo‘mitasi huzurida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Iqtisodiy statistika kafedrasi filiali tashkil etiladi. Ushbu ta’lim markazi statistikani o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi. 

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yangi ro‘yxatdan o‘tish tartibi joriy etiladi

2025-yil 1-iyuldan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarni (YaTT) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi o‘zgaradi. Endilikda ro‘yxatdan o‘tish tadbirkorlik subyektining faoliyat turi hamda iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida amalga oshiriladi