$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Joriy yilda sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar sonini 1 million nafarga yetkazish rejalashtirilgan

sport

Sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar kontingenti 2025-yilda 1 millionga yetkaziladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sport vazirligi Axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov ma’lum qildi.

Sohada bugungi kungacha jami 88 ta qaror va farmonlar imzolangan

Sport sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2022–2024-yillarda qabul qilingan 88 ta prezident va hukumatning tegishli farmon va qarorlari asosida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish orqali 10,1 mln nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.

Joriy yilda esa ommaviy sport musobaqalarida aholi qamrovini 12,5 mln nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

Sport vazirligi tomonidan aholining barcha qatlamlarini sportga qiziqtirish maqsadida 11 ta yosh toifasi bo‘yicha aholining jismoniy tayyorgarligini baholash tizimi joriy etildi.

Buning uchun alohida elektron platforma ishga tushirilib, jami 258 ming nafar aholidan ixtiyoriy va maxsus talablar bo‘yicha sport sinovlari qabul qilindi.

Sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli topshirgan jami 8 241 nafar fuqarolar “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishonlari hamda sport sinovlarining ixtiyoriy talablarini muvaffaqiyatli topshirgan 6 071 nafar fuqarolar sport formalari bilan taqdirlandi.

 Sport ta’limi tizimini takomillashtirish yo‘nalishida 254 ta sport maktablaridagi har bir trener yoshlar yetakchisi bilan birga mahallalarga biriktirilib, ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha alohida vazifa yuklandi. Sport maktablariga o‘tgan davrda qariyb 25 ming nafar sport musobaqalarida natija ko‘rsatgan hamda iqtidorli yoshlar seleksiya qilindi.

Sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar kontingentini 2025 yilda 1 millionga yetkazish maqsadida, sport maktablarida sport guruhlarini to‘ldirish me’yorlari qayta ko‘rib chiqildi.

Jahon chempionatlarida yil hisobida 67 ta medal qo‘lga kiritilgan

Shuningdek, respublikadagi 278 ta sport ta’lim muassasalarida adaptiv sport turlari bo‘yicha 1,4 ming ta sport guruhlarida 6,5 ming nafar jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratildi.

Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish maqsadida Milliy terma jamoalar a’zolari 2022 yildagi 7 502 nafardan 9 146 nafarga yetkazildi.

Olimpiya sport turlari bo‘yicha jami 587 ta sport tadbirlari, shundan 269 ta O‘zbekiston chempionati va kuboklari, 143 ta mahalliy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, 23 ta xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, 148 ta xalqaro sport musobaqalari va 4 ta kompleks sport musobaqalarida terma jamoa a’zolarining ishtiroki ta’minlandi.

Yil davomida olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan 14 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatlarida jami 67 ta, shundan, 22 ta oltin, 17 ta kumush va 28 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

Shuningdek, olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan 32 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatlarida jami 552 ta, shundan, 169 ta oltin, 202 ta kumush va 181 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida 19 ta sport turi bo‘yicha 90 nafar terma jamoa a’zolarimiz ishtirok etib, O‘zbekiston sportchilari tarixda ilk bor jami 13 ta, shundan 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi.

Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarida 9 ta sport turi bo‘yicha 65 nafar terma jamoa a’zolarimiz 113 ta yo‘llanma bilan ishtirok etib, mamlakatimiz sportchilari tarixda ilk bor jami 26 ta, shundan 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida sportchilarimiz jami 88 ta medal jamg‘arishdi. Mamlakatimiz sporti tarixida ilk bor kompleks musobaqalarda umumjamoa hisobida 1-o‘rin qo‘lga kiritildi.

Sport sohasini raqamlashtirish hamda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida 24 ta axborot tizimini o‘z ichiga olgan “ERP-Sport” tizimi ishga tushirildi. O‘tgan yil davomida ushbu axborot tizimlari imkoniyatlaridan 4,5 mln.nafar fuqarolar foylandi.

Sport sohasida ham “Face ID” tizimi joriy etildi

Sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida “Face ID” tizimi amaliyotga joriy etildi.

Sport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida 2022-2024-yillarda sport infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan hamda olis va chekka hududlarda joylashgan mahallalarda 1 369 ta (shundan 2024-yilda 400 ta) namunaviy tipdagi sport maydonchalari barpo etildi.

2024 yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 48 ta sport obyektlarida 448,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Jumladan, 12 ta futbol akademiyalari, 10 ta Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari markazlari, 8 ta sport maktablari, 3 ta kurash mahorati sport maktablari va 9 ta respublika miqyosidagi sport tashkilotlarida yangi qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.